O`zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

9.2. O`zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-
demografik tadqiqotlar 
amlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning yana bir muhim 
xususiyati 

jamiyatning asosi bo`lgan kuchli oila tizimidir.
O`zbekistonda 
nikohdan o`tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo 
bo`yicha eng past darajada. Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko`p asrlik 
an’analari
va ruhiyatiga mos bo`lgan 
g’oyat
muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. 
Respublikada mavjud oilalar soni bugungi kunda 5 milliondan ziyod bo`lib, 
ularning aksariyati bo`linmagan, ko`p avlodli, turli avlod vakilllari birga 
yashaydigan va birga xo`jalik yuritadigan xonadonlardir. Oilaning bunday 
o`zimizga xos bo`lgan shakli bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy 
ma’naviy
qadriyatlardan, 
an’analardan
bahramand qilish, shu bilan birga milliy 
an’analarimiz
ning saqlanishi, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar 
yaratdi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik 
chog’laridanoq
mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, 
tug’ilib
o`sgan 
yurti, 
qishlog’i
, shahri, yaxlit Vatanini sevishni o`rganadilar.
O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy istiqboliga bevosita aloqador ilmiy 
tadqiqotlarni o`tkazishdan ko`zlangan 
asosiy maqsad

O`zbekiston 
Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish 
jarayonlarida jamiyatning negizi hisoblangan oilalar borasidagi davlat siyosatining 
asosiy maqsadi, yo`nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali oilaga yo`naltirilgan 
ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy
-mafkuraviy, iqtisodiy faoliyatning dasturini va oila 
institutini milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvofiqligida mustaqhkamlashning 
ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir. 
Respublikamizda 90-chi yillardayoq oilalarning ko`p bolalik shaklidan 
o`rtacha bolalik shakliga o`tish ro`y berayotganligi bashorat qilingan edi. CHunki 



142 
1998-1999 yillarda o`tkazilgan tadqiqotlarda shahar oilalarining 75-76, qishloq 
oilalarining 53-54 foizi oilada farzand 
tug’ilishini
rejalashtirayotganligi 
to`g’risida
ma’lumotga
ega bo`lingan edi. Lekin muhtaram Prezidentimizning 
“Sog’lom
avlod 
yili
” 
davlat dasturi asosida 
“Sog’lom
ona 

sog’lom
bola
” 
ijtimoiy harakatini 
takmomillashtirishga 
qaratilgan 
Davlat 
dasturidagi 
chora-tadbirlarning 
belgilanganligi tufayli, ayni paytda oila va salomatlik sifatlari 
sog’lom
tug’ilgan
bola va uni dunyoga keltirgan onaning holatiga 
bog’liq
ekanligini aholi tobora 
teranroq tushunib bormoqda va bu tushuncha aholining farzand ko`rishga nisbatan 
reproduktiv ustanovkalarida aks etmoqda. 
Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear 
tipli, 
ya’ni
, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga 
sodir bo`lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi 

bu nuklear oilalar, bir 
xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami 
oilalarning salkam 
23,5
foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9 
yildan kam bo`lgan turmush tajribasiga ega bo`lganlar bo`lib, sodir bo`layotgan 
nikohning barbod bo`lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga 
to`g’ri
kelmoqda. 
Ya’ni
, ilmiy izlanishlardan olingan 
ma’lumotlarga
ko`ra, 70 foizdan ortiq nikoh 
ajrimlari yosh oilaga 
to`g’ri
keladi.
Bundan tashqari, oila borasidagi yangi holat shuki, agar 90-chi yillarda 
migrantlar orasida ayollar ko`pchilikni tashkil etgan bo`lib, ular asosan turmushga 
chiqish oqibatida turar manzilini o`zgartirigan bo`lsa (jami migrantlarning 53%), 
oxiirgi yillarda aksincha erkaklarning mehnat migratsiyasi ko`lami ortib bormoqda 
va bu ham oilaning holati va sifatiga kuchli 
ta’sir
etmoqda. Ushbu holat ham jiddiy 
tadqiqotlarni talab etadi. 
Ya’ni
, O`zbekiston aholisi katta demografik salohiyatga va qulay tarkibga 
ega. O`tgan o`n yilliklarda 
tug’ilish
darajasi nisbatan kamaydi, ammo mavjud 
ko`rsatkichlar ham bu salohiyat va tarkib muayyan davr 
oralig’idagina
saqlanib 
qolishini ko`rsatadi. O`zbekiston aholisining 37 foizini 16 yoshgacha bo`lgan 
bolalar tashkil etadi, aholining umumiy tarkibida mehnatga yaroqli aholi 
ulushining nisbatan pastligi va O`zbekistondagi demografik vaziyatning boshqa 


143 
xususiyatlari bozor munosabatlariga o`tish davrida aholini faol ijtimoiy muhofaza 
qilishni taqozo etadi. SHu bois, aholining ijtimoiy muhofazasi O`zbekiston 
siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biridir va bu tizim izchil takomillashtirib 
borilmoqda. 
Bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining muhim jabhalaridan biri aholi 
nufuzi, sifati masalasidir. Aholi sifati deganda, asosan aholi salomatligi darajasi, 
bolalar va onalar salomatligi darajasi, o`rtacha umr ko`rish darajasi, reproduktiv 
ustanovkalari, aholi 
ma’lumoti
va ish bilan bandligi darajasi, milliy qadriyatlar va 
an’analar
saqlanganligi kabi qator tavsiflar tushuniladi. 
Ya’ni

ta’kidlash
joizki. 
mamlakatimiz ijtimoiy

iqtisodiy rivojlanishshini jadallashtirishning muhim sharti 
aholi sifatini oshirishdir. Bunga erishish uchun davlatimizda ko`plab ishlar amalga 
oshirilmoqda, lekin ularning samaradorligini oshirish ilmiy asoslangan milliy 
siyosat asosidagina 
ta’minlanishi
mumkin. Bunda aniq ilmiy 
ma’lumotlar

jumladan, aholining tarkibi, stratifikatsion xususiyatlari, milliy tarkib albatta 
inobatga olinishi lozim. 
O`zbekiston aholisining milliy tarkibi aholi o`rtasida amalga oshiriladigan 
siyosatning tarkibiy qismi bo`lib, davlatimizdagi demografik vaziyatni ilmiy 

asosli baholash va uning monitoringini olib borishga asoslanadi.
SHunday qilib, mamlakat mustaqilligining 16 yili mobaynida amalga 
oshirilgan ishlar ana shu xalqning yaratuvchanlik yo`lida yagona 
g’oya
atrofida 
birlashayotganligining isboti bo`lib, bu ishlarning ko`lami O`zbekistonning dunyo 
hamjamiyatidagi 
e’tirofiga
sabab bo`ldi. Oliy Majlisning 9 sessiyasida 
yurtboshimiz 
ta’kidlaganlaridek: “..
yurtimizdagi o`zgarishlar va yangilanishlar 
jarayonining ko`lami kengayib, samaradorligi oshib borgan sari jamiyat hayotining 
barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tobora ko`proq 
sezilmoqda
”.
25
Demokratik ko`nikma va fuqarolik fazilatlari tarbiyalanadigan 
muhim maskanlardan biri 

oiladir. 
Oilaga doir bunday muammolarni o`rganish, ilmiy tadqiq qilish o`ta dolzarb 
25
Каримов И.А.
Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик 
жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари
// 
Туркистон
газетаси.

Т.: 31.08.
2002. 

№.


144 
xisoblanadi. Ayniqsa, muammolar yechimini topishda yurtimizdagi demografik 
vaziyat bilan 
bog’liq
holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. CHunki 
mustaqillik yillaridagi mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida oila 
taraqqiyotining barcha jabhalarida o`zgarishlar kuzatilmoqda va o`z-o`zidan 
yangicha demografik vaziyat yuzaga kelmoqda. Prezidentimiz 
ta’kidlaganlaridek

Respublikadagi alohida demografik vaziyat o`z ijtimoiy 

iqtisodiy taraqqiyot 
yo`lini tanlab olish zarurligini belgilab beruvchi 
g’oyat
muhim xususiyatlardan 
biridir
”. 
Oila siyosatining uzoqni ko`zlagan, istiqbolli yo`nalishi jamiyatda oila 
institutini mustahkamlashga qaratilgandir. Bunday siyosatning fuqarolar 
tomonidan anglanishi ularda oila-nikoh munosabatlariga nisbatan cheksiz 
mas’uliyat
hissini, o`zi qurgan oilaga nisbatan 
g’u
rur va uni qadrlash 
psixologiyasini shakllantiradi, albatta. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O`zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-

Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish