145
iboratdir.
O`zbekiston oilalariga xos bo`lgan
ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar
darajasiga ko`tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va
an’analarning
shaxsga
tarbiyalovchi
ta’sir
ko`rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo`naltirilgan
ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani
ijtimoiy jihatdan himoya
qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-
sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy
ta’sir
ko`rsatuvchi omillarini
inbatga olgan holda mavjud bo`lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli,
rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi. «
XXI asr oilasi» kontseptsiyasi asosida
oilani kompleks o`rganish dasturi taklif etilgan.
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom
ma’nosi
XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor
yo`nalishlari jamiyat
taraqqiyotining kafolatlari
to`g’risidagi
ezgu
g’oyalarimizga
hamohangdir. SHunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos
bo`luvchi ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy
-
ma’rifiy
, iqtisodiy omillar va tamoyillar
quyidagicha ifodalanishi mumkin:
XXI asr oilasi
jamiyatda ustivor bo`lgan
demokratik tamoyillarga
asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning
sub’ektiv
xohish-irodasiga
qaram bo`lmaydigan, jamiyatni
olg’a
rivojlanishiga to`siq bo`luvchi illat va
asoratlarni bartaraf etishga qodir bo`lgan maskan rolini o`ynaydi;