Oila siyosati
–
bu davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat
tashkilotlari, NNT larining shaxs va jamiyat manfaatiga mos keladigan oila deb
atalmish er-xotin va ularning ikki va undan ortiq farzandlaridan iborat ijtimoiy
tuzilmani har tomonlama qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan
M
138
faoliyatidir. Bu oilaviy turmush tarzini barqarorlashtirish, har bir insonning o`z
oilasi va shajarasi bo`lishi istagini ro`yobga chiqarish uchun aholini qo`llab-
quvvatlash siyosatidir. Uning tom
ma’nosi
shundaki, davlat va jamiyat to`liq
oilalarning imkon darajasida ko`p bo`lishidan, unda avlodalraro vorislik,
shajaralarning bardavomligi, yoshlarning oila va nikohni qadriyat sifatida
e’tirof
etishidan yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi
ta’minlanishiga
ishonchini bildiradi.
E’tirof
etish joizki, mustaqillik yillarida O`zbekistonda oila institutini amalda
mustahkamlash borasida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo oila va
nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratildi. 1998 yilda
qabul qilingan
“
Oila Kodeksi
”
da ushbu munosabatlarning barcha jabhalari
reglamentatsiya qilingan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan boshqa qator Kodeks va qonunlarda ham bevosita oila
a’zolarining
,
jumladan, xotin-qizlar va bolalarning manfaatlari himoya qilingan. Misol
tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida oila
a’zolarining
mulkiy munosabatlari, ularning ulushlari, merosxo`rlik, vorislik huquqlari;
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida farzandi bor ayollarga
tadbiq etiladigan imtiyozlar, fuqaro sifatida barcha oila
a’zolarining
mehnat qilish
huquqlari;
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida mulk sifatida uy-joyga
ega bo`lish huquqlari;
“
Fuqarolarning davlat nafaqa
ta’minoti
to`g’risida”
gi qonunda oilaning
kattalari hamda mehnat yoki salomatligi tufayli nafaqaxo`r bo`lganlarning ijtimoiy
himoyasi;
“
Aholini ish bilan
ta’minlash
to`g’risida”
gi Qonun (1998) da ko`p bolali,
nogiron bolasi bor bo`lgan oilalarga beriladigan imtiyozlar, kvotalarni taqdim etish
tartiblari va h-zo;
“
Fuqarolar
sog’lig’ini
saqlash
to`g’risida”
gi Qonunda (1995 y.) oilada
139
xotin-qizlarning salomatligi, jumladan, reproduktiv salomatlikning davlat
tomonidan muhofaza etilishi tartiblari;
“
Xotin-qizlarga beriladigan qo`shimcha imtiyozlar
to`g’risida”
gi Qonunda
farzandi bor hamda
og’ir
mehnat sharoitida ishlaydigan ayollarga beriladigan
imtiyoz va qo`shimcha imkoniyatlar borasidagi qoidalar o`z ifodasini topgan.
Qonunlarning amaldagi ijrosi mustaqillik yillarida qabul qilingan va
amaliyotga joriy etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va
Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o`nlab qarorlari
asosida
ta’minlana
di, ularda aynan oilaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini
mustahkamlash, kam
ta’minlangan
oilalar sonining oila
a’zolari
bandligini
ta’minlash
, mehnat huquqlarining kafolatlanishi orqali kamaytirish choralari
belgilangan. 1994 yildan buyon qabul qilinayotgan va amalda muvaffaqiyat bilan
ijrosi
ta’minlanayotgan
Davlat dasturlarida ko`p bolali va kam
ta’minlangan
oilalar, onalik va bolalikning davlat tomonidan muhofaza etilishi o`z aksini
topmoqda. Bularning eng muhimlari:
Prezidentimizning
“
O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasini qo`llab-
quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g’risda”
gi Farmoni (25 may
2004 y.) va Vazirlar Mahkamasining Farmon ijrosini
ta’minlash
bo`yicha 299-chi
sonli qarori;
“
Fuqarolarga xizmat ko`rsatish uchun birvaqtlik yordam pullari
to`g’risida”
Vazirlar Mahkamasining qarori(2002 yil);
“
Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun
umumta’lim
kreditlarini taqdim etish
to`g’risida”
Vazirlar Mahkamasining qarori
(2001 yil);
“
Bolalik oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish bo`yicha
chora-tadbirlar
to`g’risida”
Vazirlar Mahkamasining qarori (1996 yil);
“
Ishlayotgan nafaqaxo`rlarga nafaqalarni to`lash
to`g’risida”
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori (1995);
“
Kam
ta’minlangan
oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil qilish
masalalari haqida
”
Vazirlar Mahkamasining qarori (1994 yil);
140
“
Yosh oilalarni moddiy va
ma’naviy
qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha
chora-tadbirlar
to`g’risida”
gi O`zbekiston Respublika Prezidentining 2007 yil 18
maydagi Farmoni va boshqa o`nlab Farmon, normativ hujjatlar va qarorlarni
keltirish mumkin.
Yurtimizda oilani mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining afzalligi
shundaki, davlat oilaning o`ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki
ishlariga aralashmaydi, lekin u yoki bu sabablarga ko`ra, oilada
ba’zi
qiyinchiliklar
paydo bo`lgan bo`lsa, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari, mahalla
qo`mitalari, unda faoliyat yuritayotgan jamoatchilik komissiyalariga murojaat qilib
orqali fuqarolar o`z manqaatlarini himoya qilishlari va davlatning madadiga
erishishlari mumkin.
Ikinchi tomondan, oila ikki oilaning, unda tarbiyalanayotgan ikki yoshning
ixtiyoriy kelishuvi, tanlovidan hosil bo`lgan ittifoq bo`lgani uchun ham ushbu
jarayonlarga ham aralashmaydi, chunki bu shaxsiy muammo. Lekin davlat
fuqarolarning
“
erkin nikohlari
”
ga, xohlagan paytda xohlagan inson bilan o`zi
bilganicha nikohga kirib yoki kirmay yashashiga befarq bo`la olmaydi. CHunki bu
jamiyatning ahloqiy tomirlarini kesishi mumkin. SHuning uchun turli xil oilani
qo`llab-quvvatlovchi tuzilmalar borki, ular oila-nikoh borasidagi nohaqliklar
bo`lgan sharoitda, oilada bir yoki bir necha
a’zoning
insoniy manfaatlari
tahqirlangan sharoitda, farzandlar ota-onasining nojo`ya harakatlari tufayli
ko`chada qolib xavfi paydo bo`lganda o`zining jamoatchilik tashkilotlar, jumladan,
xotin-qizlar komissiyalari, yarashtirish komissiyalari
, “
Oila
”
markazlari,
oqsoqollar orqali bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va bartaraf etish bo`yicha
aniq chora-tadbirlar ko`radi, kerak bo`lsa, ularni xukumat dasturlari yoki qarorlari
asosida mustahkamlaydi.
Oilaning musathkam va barqaror bo`lishi uning
a’zolari
salomatligiga, ota-
onalikka psixologik jihatdan tayyorligiga bevosita
bog’liq
bo`lgani uchun ham
mamlakatimizda bu borada aniq mexanizmlar ishga solingan. Jumladan,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy
ko`rikdan o`tkazish
to`g’risidagi
365-sonli qarorining amalda joriy etilishi,
141
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o`qitilayotgan
“
Oila psixologiyasi
”
kurslarining uzluksiz
ta’lim
tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan
moliyalashtirilayotganligi ham fikrimizning dalilidir.
|