Ko`p bolali oilada shaxslararo munosabatlar va ularning bola




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

8.2. Ko`p bolali oilada shaxslararo munosabatlar va ularning bola 
psixik taraqqiyotiga 
ta’siri
 
datda ko`p bolali deb, 5 va undan ortiq bolaga ega bo`lgan oilani tushunish 
an’anaga
aylangan. Lekin hozirda bu holat juda kam uchraydi, ayniqsa, 
G’arbiy Yevropa
mamlakatlari, jumladan, Rossiyada deyarli sanoqlidir. 
Respublika 

Oila
” 
ilmiy-amaliy markazining 90-chi yillar oxirida o`tkazgan 
tadqiqotlarida qishloq aholisining har uchtasidan bittasi ko`p bolali, 
ya’ni
, 5 va 
undan ortiq bola bo`lishiga tarafdor bo`lib, 
ma’lumot
bergan bo`lsa, bugungi kunga 
kelib, atigi 0,6-0,7 % aholigina oilada bolalar soni ko`p bo`lishiga qarshi emas, 
lekin real turmushda ham 5 va undan ziyod farzand ko`rayotgan oilalar soni keskin 
qisqargan. 
Ilgari, 
ya’ni
sobiq sho`rolar davrigacha bo`lgan paytlarda ayollarning bola 
tug’ishi
soni haqiqatan ham ko`p bo`lgan, lekin u bolalarning aksariyati perenatal 
davrdayoq nobud bo`lgan, buni hech bir rasmiy organlar qayd etmagan. 
Muallifning shaxsiy izlanishlariga ko`ra, arxivlarda bunday statistika 
yuritilmaganligi ham aniqlangan. CHunki sharoitning 
og’irligi
, onalarning tibbiy 
savodsizligi tufayli onalar o`limi ham, chaqaloqlar va kichik yoshli bolalar o`limi 



133 
ko`rsatkichlari ham aslida juda yuqori bo`lgan. 
SHo`rolar davrida bu masalaga yondoshuv o`zgargan. Mustamlaka 
mamlakatlarning serfarzandligi va bolajonligidan foydalanib, qo`shimcha ishchi 
kuchi va resurslarni ko`paytirish maqsadida ko`p bolali oila hukumat tomonidan 
qo`llab-quvvatlanadigan bo`lib qoldi. Hattoki, 6 tadan ortiq farzand ko`rgan onaga 

Qahramon ona
” 
nishoni ham berilar edi. Lekin onalikni va bolalikni muhofaza 
qilish bo`yicha deyarli hech qanday choralar ko`rilmaganligi oqibatida, baribir, 
onalar o`limi ko`rsatkichi ham, bolalar o`limi ko`rsatkichi ham yuqori bo`lgan. 
Faqat bu haqda rasman gapirilmas, statistika o`ta maxfiy edi. YuNISEF tashkiloti 
monitoringi natijalariga 
e’
tibor bersak, 1989 yildan 2002 yilgacha bo`lgan muddat 
oralig’ida
mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati 
tufayli chaqaloqlar o`limi 2,5 barobarga (1000 ta tirik 
tug’ilgan
chaqaloq hisobidan 
1989 yilda 38,1 va 2002 yilga kelib, 16,7 miqdorga kamaydi, 2005 yilda bu 
ko`rsatgich yanada pastladi), onalar o`limi ham qariyb ikki barobardan ziyodga 
kamaydi (mos ravishda 100000 tirik 
tug’ilgan
bolaga nisbatan 42,8 

1989 y.; 26,9 

2002 y.)
24
.
SHuni 
ta’kidlash
joizki, zamonaviy oila 
a’zolar
i hech nimaga qaramay, oilada 
kam sonli (bizda o`rtacha 2-3 ta) bolani tarbiyalashga 
bog’liq
ustanovkalarga ega. 
Psixologik tadqiqotlar ko`p bolali oila 
a’zolarining
psixodiagnostik testlardagi 
ko`rsatkichlari boshqalarnikiga nisbatan past ekanligini ko`rsatdi. Bu ularning 
intellektual va ijobiy rivojlanishi ko`rsatkichlariga, ijtimoiy adaptatsiyasi va 
salomatligiga ko`proq taalluqlidir. Amerikalik tadqiqotchilar (
R.Zayonts, X.Markus
va boshqalar) ko`p farzandli oilaning salbiy oqibatlariga ko`proq 
e’tiborn
i qaratadi, 
lekin ularning ko`pgina xulosalari bizning muhitimiz, bola tarbiyalash 
an’analarimizga
mos emas. Bizda nekluar oilada ko`p farzandni tarbiyalash 
mushkulligi 
to`g’risidagi
tasavvur bor, lekin katta bo`lmagan oila sharoitida 3-4 ta 
va undan ortiq bolani tarbiyalashdagi qator ijobiy tajriba va xulosalar ham yo`q 
emas. 
Nima bo`lganla ham shuni 
ta’kidlash
joizki, zamonaviy o`zbek oilalarida ham 
24
Социальный мониторинг. –
М.: “Инноченти”, 2004. –
С. 67.


134 
reproduktiv ustanovkalar o`zgargan va yoshlar, hattoki, ota-onalar ham katta 
oilaning tashvishlarini yaxshi tasavvur etadilar. Oila tarbiyasida umuminsoniy 
qadriyatlar bilan milliy qadriyatlarni 
uyg’unlashtirish
oilaning barcha 
a’zolari
tarbiyalanganlik darajasini oshirishning muhim omillaridan biridir. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ko`p bolali oilada shaxslararo munosabatlar va ularning bola

Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish