• Kichik farzand
  • Ikkinchi farzand (yoki o`rtancha




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/96
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,81 Mb.
    #242197
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
    Bog'liq
    оила психологияси китоб

    Ikkinchi farzand (yoki o`rtancha
    ) odatda kattalarga tobe, o`zgalar 
    ko`magiga muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, 
    boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo`lib o`sadi. U akasi 
    yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq bo`lib ko`rinadi, chunki 
    tug’ilganidan
    yonida undan kattalar borligiga u ko`nikib boradi. O`rtancha 
    farzandlardan yaxshi 
    san’atkorlar
    , sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga 
    ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin. 
    Kichik farzand
    umrining oxirigacha o`zini kichikman, deb his qilishga 
    moyil bo`ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha 
    g’amxo`rlik
    og’ushida
    bo`lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda o`zini muhofazada, 
    xavfsizlikda his etishga moyil bo`ladi va buni o`zgalardan talab ham qiladi. 
    Ularning kayfiyati ko`pincha yaxshi bo`lib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi 
    muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish 
    motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq 
    bo`ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo`lishi kuzatilgan
    oilada kichik farzand bo`lganlar salga ajralishni o`ylaydi, chunki ulardan yaxshi 
    vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. SHu bois, turmush qurishga ham 
    unchalik shoshmaydi, chunki o`ziga ma
    s’uliyatni
    olishni yoqtirmaydi

    Yagona farzand
    ning sibling maqomi 
    to`ng’ichnikiga
    yaqin. Ota-


    131 
    onaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta bo`lgan bola ko`p sohada, ayniqsa, 
    intellektual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, lekin odatda juda 
    o`zini yaxshi ko`radigan, egoist bo`lib qolishadi. Ular jamiyatda ham xato qilib 
    qo`yishdan qo`rqmaydi, muvaffiqiyat sari dalil yuradi, lekin har doim ham unga 
    erisholmaydi, chunki odamlar bilan kirishimli emas. SHuning uchun o`zbeklarda 

    yagona farzand 

    farzand emas
    ”, 
    degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, 
    unga barcha imkoniyatlarni yaratib, yaxshi ko`rayotganligining qadriga yetmaydi. 
    Bu kelgusida ham boshqa insonlarga nisbatan munosabatda o`z aksini topadi, 
    keksayib qolgan ota-onaga 
    to`ng’ich
    farzand qanchalik mehribon bo`lsa, yagona 
    farzand buning aksi bo`lib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa bo`lib 
    yuradi
    , “
    nega meni tashlab ketishdi
    ?”, 
    deb. SHuning uchun yaxshi oila uchun 
    kamida ikkita farzandning bo`lishi va ular o`rtasida yaxshi o`zaro 
    munosabatlarning qaror topishi shaxs uchun ham, oila va jamiyat uchun ham 
    foydalidir. 

    Download 1,81 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish