8-bob. Aka-ukalik va opa-singillik munosabatlari
psixologiyasi
8.1. Sibling maqomining bola va kattalar munosabatiga
ta’siri
.
Adler
oilashunoslik fanida ilk marotaba bola shaxsining shakllanishi va
rivojlanishi uning oilasidagi aka-ukalar va opa-singillarning borligiga
bog’liqligi
g’oyasini
ilgari surgan. Afsuski, bu omil SHarq xalqlari, xususan,
O`zbekiston uchun o`ta muhim bo`lishiga qaramay, bizda ham, kichik oilalar xos
bo`lgan
G’arbda
ham juda kam o`rganilgan.
Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha
sibling, sibs
–
bir
oiladagi akalar va opalar
ma’nosini
bildiradi)
–
muayyan insonning muayyan
oilada
tug’ilishi
, jinsi va
tug’ruqlar
orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani
bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko`rsatkichlar bilan
bog’liqligi
masalasiga xali aniqlik kiritilmagan,
ya’ni
aniq ilmiy dalillar yetarli
emas. SHunga qaramay, ko`pgina tadqiqotchilar (
Richardson R.,
1994;
Driskoll R.,
Iksteyn D.,
2003;
Brazington R.,
2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi
uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do`stlar bilan muomalasiga,
ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o`rnatadigan muloqotlarining xarakteriga
ta’sir
etishini o`rganishgan. Empirik
ma’lumotlar
bunday
bog’liqliklarning
to`rt
turi mavjudligini
ta’kidlaydi
.
To`ng’ich
bola
, oiladagi farzandlarning kattasi, odatda ota-onasining
umidi bo`lib, ota-onalar undan ko`p narsalarni kutadi va odatda u bu umidlarni
oqlaydi ham. Undagi muvaffaqiyatlarga bo`lgan intilish, o`qish va kasb-hunar
egallash yo`nalishidagi yutuqlari va unga erishish imkoniyatlari ham odatda yuqori
bo`ladi. Uning muvaffaqiyatlari nafaqat ota-onaning kutishlariga
bog’liq
, balki
ma’lum
vaqt erkalatilgan bolaning, keyinchalik
“
taxtdan tushishi
”,
mavqening
birdan o`zgarishi va kutishlar tizimining ham shunga yarasha boshqacha bo`lib
qolishi bilan
bog’liqdir
. Buni
Adler
iborasi bilan aytganda
, “
detronizatsiya
”, ya’ni
taxtdan ayrilishi deb atash mumkin. CHunki ukasi yoki singlisi paydo bo`lgandan
so`ng, ota-onasining
e’tibori
birdan boshqa bolaga qaratilib, unga munosabat
A
129
o`zgarib qolganligini bola o`ziga xos
qayg’urish
bilan his qiladi. Lekin ota-onaning
e’tibori
va mehriga qaytadan erishish maqsadida u harakat qila boshlaydi.
Agar
to`ng’ich
farzandning uka ko`rgandan so`ng paydo bo`ladigan
deprivatsiyasi kuchli bo`lsada, o`zini ko`rsatish uchun ichki imkoniyatlari, layoqati
yetarli bo`lmasa (
ba’zan
to`ng’ich
farzand nimjonroq bo`ladi), unda bolaning
xulqida keskin salbiy o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi, masalan, ukasini yomon
ko`rib, unga ziyon yetkazishga harakat qiladi, injiqligi bilan ota-onasini xafa qiladi,
ovqat yemaydigan, o`zi mustaqil ravishda uxlamaydigan, hatto, hojatga
chiqmaydigan, aytilganlarni bajarmaydigan o`jar bo`lib boradi. Hayotda shunday
voqealar ham kuzatilganki, endi tetapoya bo`lib, mustaqil harakatlar qila boshlagan
to`ng’ich
farzand ukasini itarib yuborishi,
og’ziga
yomon narsalarni solib qo`yishi,
beshikda uxlab yotgan bolani yiqitish holatlari bo`lgan.
Ya’ni
, ota-onaning
domimiy mehri yetishmayotganligini his qilgan bolada rashk hissi
uyg’onadi
,
uning sababchisi esa yangi dunyoga kelgan ukasidir.
SHunga qaramay, aksariyat
to`ng’ich
farzandlar ota-onasining ziyrakligi,
o`zida paydo bo`lgan ko`nikma tufayli yangi sharoitga moslashadi, sekin-asta
ukasiga mehr qo`yadi, unga
g’amxo`rlik
qilishdan rohatlanadigan ham bo`lib
qoladi. Bu unga foyda keltiradi ham: kelajakda u turli toifa insonlar, jumladan,
kattalar, obro`li insonlar bilan kelishib ishlashga harakat qiladigan, ularning
ko`ngliga qaraydigan, uyida ko`rganlari ko`chada qaytarilmasligiga harakat
qiladigan, moslashuvchan bo`lib o`sadi. Odatda bunday bolaning tengqurlari
orasida o`ziga xos mavqei bo`ladi. Yoshligidan ota-onaning yuzi-ko`ziga qarab,
ularning munosabatini his qilishga o`rgangan bola kelajakda o`qituvchisi yoki
rahbarining ham yuzi-ko`ziga qarab, muomala qilishga o`rganadi. Ota-onalik
maqomiga aloqador munosabatlarni tashqarida boshqalarga ham qo`llashga
ko`nikib boradi. SHuning uchun
to`ng’ichlarda
kirishimlilik, kichiklarga
g’amxo`rlik
, mustaqil qarorlar qabul qilishga,
mas’uliyatni
bo`yniga olish va
liderlikka moyillik rivojlanib boradi. SHuning uchun ham jamiyatda rahbar
lavozimlarda
ishlayotgan,
siyosiy
va
jamoatchilik
idoralarini
boshqarayotganlarning aksariyati oilada
to`ng’ich
farzand ekanligi o`rganilgan.
130
Masalan, Amerika Prezidentlarining yarmi, 20 nafardan ortiq avstronavtlar oilada
to`n
g’ich
farzandlar bo`lishgan. Odatda oilada o`sayotgan
o`g’il
bolalarning
to`ng’ichi
erkaklar jamoasini (masalan, harbiy, xalqaro, siyosiy tashkilotlar),
singillari bo`lgan akalar xotin-qizlar jamoasini (maktab, shifoxona), va shunga
o`xshash opalar ham mantiqan mos ravishda jamoalarni muvaffaqiyatli
boshqaradigan rahbarlar bo`lib yetishadi. Nikoh borasida esa o`rtancha farzand
ancha kelishib, baxtli yashashga moyil bo`ladi. SHuni ham
ta’kidlash
joizki, ayrim
holatlarda aynan
to`ng’ich
farzandlar
ba’zan
jamiyatda muammoli, tarbiyasi
og’irlar
kategoriyasiga tushib qoladi. Bunga yo ota-onaning katta farzandidan
umidlarining haddan ziyod
og’irligi
yoki
“
detronizatsiya
”
jarayonining bola
tomonidan salbiy idrok etilishi sabab bo`ladi.
|