• Yolg’iz ota-onalar
  • F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/96
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,81 Mb.
    #242197
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
    Bog'liq
    оила психологияси китоб

    ziddiyatli tarbiya
    . Bunda oila 
    a’zolarining
    har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo`llaydi, 
    masalan, otasi o`ta qattiqqo`l, ona o`ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini 


    123 
    juda nazorat qilib, 
    mas’uliyat
    bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan 
    shug’ullalanadi

    buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini 


    hali yosh, katta 
    bo`lganda o`zi yaxshi bo`lib ketadi
    ”, 
    qabilida 
    ma’qullayveradi
    . Bunday beqaror 
    tarbiya uslublarini 
    E.Eydemiller, V.Yustitskiy, N.Lengard
    lar o`rganib, uning 
    oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro`li 
    shaxslarning tazyiqini 
    noto`g’ri
    baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-
    ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni 
    bilmaydi. Ko`pincha bu 

    bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. 
    Aksariyat ota-onalar bolasini yo`qotib qo`yish yoki uning ko`ngli qolishidan 
    qo`rqib ham 
    noto`g’ri
    tarbiya yo`llarini tutadi. SHuning uchun oilaviy tarbiya o`ta 
    murakkab jarayon bo`lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor 
    bo`lishlari kerak. 
    Yolg’iz
    ota-onalar
    . Ota yoki onadan biri mavjud bo`lgan oilalarning paydo 
    bo`lishiga turli sabablar bor: ajrim tufayli bittasi qoladi, nikohsiz paydo bo`lgan 
    oila sharoiti, bunda onaning yoshi katta bo`lishi ham (yoshi o`tib 
    borayotganligidan nikohsiz bo`lsa ham bitta farzand 
    tug’ib
    , uni 
    yolg’
    iz o`zi katta 
    qiladi), juda yosh bo`lishi (tasodifan yoshlik qilib qiz maktab yoshidayoq ona 
    bo`lib qolgan holatlar) ham mumkin.
    Odatda turli sabablarga ko`ra 
    yolg’izlanib
    qolgan noto`liq oila 
    a’zolari
    jamiyatdan ancha ayri yashashga, 
    yolg’izlikka
    mahkum bo`ladi, bunday oilalar 
    moliyaviy inqirozlarga ham uchraydi. Ayrim shunday oila farzandlari juda 
    yoshlikdan ota qilishi lozim bo`lgan yumushlarning bir qismini o`z yelkasiga 
    olishga majbur bo`ladi. Tengqurlari orasida odamovi, gapga ham, ayrim ishlarga 
    ham no`noq bo`lgani uchun uning do`stlari kam bo`ladi. Asosiy muloqot 
    ob’ekti
    ona bo`lib, u ham ko`pincha turmush tashvishlari bilan bolasiga yetarli 
    e’tibor
    berolmaydi. Ayniqsa, o`smirlik va ilk o`spirinlik yoshidagi bolalar ota-onaning 
    ayrilig’ini
    juda ko`ngillariga yaqin oladi, asabiylashadigan, salga janjal 
    ko`taradigan, onasi bilan ham, boshqa yaqinlari bilan ham kelisholmaydigan, 
    agressiv bo`lib qoladi. 
    Injiq bolani 
    yolg’iz
    o`zi tarbiyalashga majbur bo`lgan onalarda odatda 


    124 
    depressiya holati kuzatiladi. Ko`pincha bunday ona o`zini omadsiz, turmush 
    vaziyatlarining qurboniday his qiladi, ko`pincha xafa bo`lib yuradi va ich-ichidan 
    o`zini bolalari oldida gunohkor his etadi, istiqbolda uni va farzandlarini nima 
    kutayotganligini bilmay tashvishlanadi. 
    M. Nistal
    (2003)ning yozishicha, 
    yolg’iz
    ota-onalarning shaxsiga qo`yilgan talablar ularning real imkoniyatlaridan ortiq 
    bo`lib, undan katta emotsional yukni va nihoyatda ishchanlikni talab etadi. Bunga 
    afsuski, hamma ham chidayvermaydi. 

    Download 1,81 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish