• Qattiqqo`llik
  • F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/96
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,81 Mb.
    #242197
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96
    Bog'liq
    оила психологияси китоб

    Emotsional raddiya

    bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning 
    ota-ona hayotida u o`ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo`lmaganida 
    ota-onaning hayoti boshqachi bo`lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu 
    farzand oilada yagona bo`lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo`lsa, 
    vaziyat yanada 
    og’irlashadi, “
    sen bo`lmaganingda
    …” 
    yoki qiz bolaga qarab: 

    Sening o`rningda 
    o`g’il
    bo`lganda edi
    ...” 
    qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib 
    turiladi. 
    Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini 
    yashirishga urinadi
    , “
    nega bolani yoqtirmaysan
    ?” 
    kabi savollarga aslida uni 
    sevishi, kerakligini 
    ta’ki
    dlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish 
    ekanligini his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo`lib olib, ularni tashlab ketishni, 
    alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o`z mehribonligini 
    sun’iy
    ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini 
    qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan 
    holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda 
    og’ir
    botadi. 
    Qattiqqo`llik

    bir qarashda emotsional rad etishga o`xshaydi, lekin undan 
    ochiqroq va 
    og’irroqdir
    . Qattiqqo`llik 
    to`g’ridan
    -
    to`g’ri
    bolani yoshligidan 
    kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to`la 
    befarqlik, uning bor-yo`qligini go`yoki sezmaslik kabi ko`rinishlarda bo`lishi 
    mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo`lsa-da, tezroq katta 
    bo`lish, o`zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o`ylab 
    yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib 
    qoladi, bola qo`rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda 
    yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun 
    samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini 


    121 
    boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni 
    qidirishga o`rganib boradi. 
    A. Freyd
    nazariyasiga ko`ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora 
    agressiv bo`lib borib, o`zida alamni qaysidir bir 
    ob’ektdan
    (o`zidan kichiklardan, 
    begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo`lib o`sadi. 
    Ma’lumotlarga
    ko`ra, Amerikada ko`cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni 
    shunday tarbiyaning qurbonidirlar. Amerikalik olim 
    S.D.SHerrits
    (2003) oiladagi 
    ana shu kabi qattiqqo`lliklarning bola va ota-ona xulq-atvoriga salbiy 
    ta’sirini
    o`rganib, ularning xarakterida ro`y beradigan o`zgarishlarga to`xtalib o`tgan. 
    Jismoniy jihatdan bolaga 
    zug’um
    qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha 
    ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki 
    baxtsiz muhabbat qurboni bo`lgan, lekin farzand ko`rgan ayollarning aksariyati 
    achchig’ini
    bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy ko`nikmaga 
    aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar 
    ta’sirida
    ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi 
    yo`qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy 
    ziddiyatlarning qurbonlari, 
    kambag’allar
    ) o`z ijtimoiy muammolarini hal 
    qilaolmay, 
    tug’ilgan
    bolasidan o`ch ola boshlaydi. 
    Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, 
    ularning bolasini kaltaklashi, undan o`ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo`lishini 
    olimlar o`rganishgan. SHunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do`pposlaydigan ota-
    ona ayrim holatlarga unga qattiqqo`lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni 
    nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm 
    qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, ko`mak berishga chaqiradi. Masalan, 
    topganini o`zi ko`chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, 
    achchig’ini
    yana boladan 
    oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. 
    Bunda bolaning yoshi unchalik ahamiyatli ham emas, 2 yoshdan o`tgan bolaga 
    nisbatan jazo choralari ko`rilganligini ayrim holatlarda OAVda aks ettiriladi. 

    Download 1,81 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish