|
F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdfBog'liq оила психологияси китобOnadagi
tug’ruqdan
keyingi depressiya
–
chaqaloq
tug’ilgandan
keyinoq
ayrim onalarda paydo bo`ladigan ruhiy holat. Bu o`ziga xos xastalik bo`lib, uning
oldini olish uchun ko`p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik
omillarning roli katta. Kuzatishlarning ko`rsatishicha, agar oilada er-xotin
munosabatlari yaxshi bo`lmasa, otaning bolaga
e’tibori yetarli
bo`lmagan
vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko`mak berish yo`lga qo`yilmagan
bo`lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi (
Rodrigues
va
boshqalar, 2003).
Onalik deprivatsiyasi
. Onalik deprivatsiyasi
ochi
q (agar ona o`z onalik
burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo`lsa) va
yashirin
(boladan yashirin voz
kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik
holatlarida) bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda
salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham
bo`ladi. Masalan, chaqaloq
tug’ilgach
, xasta bo`lgani uchun uning uzoq vaqt
mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo`ladi. Bu
orada unda onalik mehri
uyg’onmaydi
, u yangi chaqaloqqa befarq bo`lib qoladi.
Buning oqibatlari qanchalik
og’ir
bo`lishi onaning yoshiga va ayriliqning
muddatiga
bog’liq
. Agar shunga o`xshash holatni boshidan kechigan ona juda yosh
bo`lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u o`z xulq-
atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o`z joniga
qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo`lib voyaga yetadi.
Ona bolaning yonida bo`la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda
ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo
munosabatlarda no`noq, urushqoq bo`lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi,
ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko`rib turganimizdek,
onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy
117
fazilatlari, jamiyatdagi o`rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir.
|
| |