F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

sinxronizatsiya 
jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini 
bilish qobiliyatiga ega bo`lgan ona odatda farzandining psixik rivojlanishida 
barcha qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi. 
Masalan, bolada 
ba’zan
shunday holat bo`ladiki, unda onaga bola bilan faol 
kommunikativ faoliyatni amalga oshirish noqulay bo`ladi, go`dak injiqlik qilib, 
hech narsaga ko`nmay qoladi, buni sezgan ona bolaga gapiravermay, jimgina toza 
havoda sayr qildiraversa, 
ma’lum
vaqt o`tgach, farzandidagi charchoq yoki boshqa 
sababli paydo bo`lgan holat o`tib ketadi, u yana jonlanib, onaga talpinadi, u bilan 
muloqotni davom ettiradi. SHuni inobatga olmagan holatlarda kommunikativ 
omadsizlik (
Vinnikott
) sodir bo`ladi, buning oqibatlari psixologiyada yaxshi 
o`rganilgan. 
Boladagi kognitiv rivojlanish, 
ya’ni
fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning 
shakllanishiga ham onaning xulq-atvori katta 
ta’sir
etadi. Ingliz olimlarining 
kuzatishlarida (
U.R. Bion
) onaning har bir harakati, mimikalari bolaning tepasida 


114 
turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola o`zlashtiradigan 
alohida iboralar, so`zlarda namoyon bo`ladi. Video tasmalarda shu narsa namoyon 
bo`lganki, onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz 
harakatlariga, ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so`zlarni 
talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyor onaning mimikalari, talaffuz uslublarini 
qaytaradi. SHu tariqa onaning bevosita ishtiroki va yordamida bola dunyoni 
taniydi, o`rganadi. 
Olamni ona orqali bilishga imkon beruvchi psixologik holatlardan yana biri 

bu hissiy-emotsional 
bog’la
nganlikdir. Ingliz psixiatri 
Jon Boulbi
tomonidan ishlab 
chiqilgan, turli hayotiy vaziyatlarda ona-bola munosabatlarida 
M.Eynsvort
degan 
olima tomonidan tekshirilgan emotsional 

Download 1,81 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish