108
ko`ra, Rossiyada 1995
–
2025 yillar
oralig’ida
tug’ilishning
kamayishi 2 mln.dan
(optimistik bashorat) 32 mln.gacha tushib (pessimistik bashorat) ketadi, bu
raqamga 1995 yilgi 147,9 mln. aholi soni asos qilib olingan. SHuning uchun jahon
olimlari,
Xalqaro aholishunoslik
jamg’armalari
(jumladan, YuNFPA, YuNISEF)
oilada
sog’lom
bola
tug’ilishi
siyosati orqali Yer yuzining turli mintaqalarida
reproduktiv xulqni muvofiqlashtirish masalasiga alohida
e’tibo
r berib,
konkret
tadqiqotlar o`tkazmoqda. Bundagi asosiy muammo
–
onaning reproduktiv xulqini
boshqarish
va muvofiqlashtirish, uning salomatligini muhofaza qilish,
sog’lom
zurriyod
tug’ilishini
kafolatlashdir.
Reproduktiv xulq
–
bu oilada farzand
tug’ilis
hi bilan
bog’liq
xulqdir. U oila
a’zolarini
o`z davrining fuqarosi sifatida ijtimoiy kelib chiqishi, yoshi, salomatligi
darajasi, madaniyatiga bevosita
bog’liq
bo`lgan xatti-harakatidir. Bu harakatlarning
asl motivi avvalo insondagi o`zidan nasl qoldirish, oilada er-xotinlik burchini ado
etishga bo`lgan ishtiyoq va layoqatga borib taqaladi. Rossiyalik ayollar o`rtasida
o`tkazilgan so`rovlarga ko`ra, ular xohlagan bola soni (2,8) real bolalar sonidan
ancha ortiq. SHundan
A.Antonov
, ayni davrda odamlar o`z reproduktiv vazifalarini
ado etmayaptilar, deb xulosa qiladi. Ko`pincha, reproduktiv
xulqning motivlari
odamning boshqa turdagi faoliyat motivlari
ta’sirida
so`nib bormoqda,
avvalo bu
harakat oilada sodir bo`lsa-da, u ayol kishining shaxsiy ishiday tasavvur etiladi va
ayolning bola
tug’ib
berish orqali o`zini namoyon etishi, erining munosabatlarini
keskin o`zgartirish, unga
ta’sir
(tazyiq) ko`rsatish, ustidan hukmron bo`lish,
kimnidir
sevish va unga
g’amxo`rlik
qilish ehtiyojini qondirishga borib taqaladi.
Quyidagi 7.1-jadvalda
A.Antonov
o`tkazgan tadqiqotlar asosida reproduktiv ota-
onalik ko`rsatkichlari keltirilgan.
7.1-jadval