F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

7-bob. Ota-ona 

 bola munosabatlari psixologiyasi 
7.1. “
Ota-ona 

 bola
” 
munosabatlari tizimi 
ila va nikohning paydo bo`lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning 
sharoitimizda, farzand 
tug’i
lishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman 
oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan insoniyat 
ota-ona va farzandlar munosabatlari o`ziga xos bosqichlar va rivojlanish 
qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan 
dalolat beradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday 
qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan 
hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz 
g’amx
o`rlik 
ko`rsatishgacha bo`lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona 

bola munosabatlarini 
agar tarixiy davrlarga bo`ladigan bo`lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari 
bo`yicha qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko`rish mumkin.
Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida 
farzand 
tug’ilsa
, unga deyarli befarq qarash, 
ya’ni
, infantitsid munosabat 
kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo`lib, bolani 
dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri unchalik ahamiyatli 
bo`lmagan. Yangi asrga kelib, bu munosabatlar tubdan o`zgargan, odam zotida 
egoizm, o`ziga tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi 
o`zidan bo`lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o`z aksini topgan.
Mulkchilik shakllarining o`zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand 
kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o`zgarib borgan. Masalan, XIX 
asrning boshlari XX asrlarning o`rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining 
jamiyatda tutajak o`rinlari, ularning ijtimoiylashuviga alohida 
e’tibor
bera 
boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalarning kichiklar taqdiriga befarq emasligi, 
ularni qo`llab-quvvatlash, rivojlanishiga ko`maklashishning ahamiyatini anglash 
davri bo`lgan. Bu 
an’ana
deyarli bizning davrimizda ham davom etib kelmoqdaki, 
endilikda 
tug’ilgan
bolaga 
e’tibor
oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham 
keladi. Lekin bunday 
g’amxo`rlik
psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o`ziga 



107 
xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropa xalqlari) bolaga u 
kichikligida juda katta mehr va 
g’amxo`rlik
ko`rsatadi, taxminan o`smirlik 
davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan 
tarbiya uslublari o`zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. 
Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand 
balog’atga yetgani
sari 
ota-onaning unga 
e’tibori
kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, 
o`zbeklarda ham oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalarning kichik yoshdagi 
rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta 
qayg’urish
bilan uning 
ma’naviy
, ruhiy rivojlanishiga 
e’tibor
qaratilmaydi. Lekin qiz bola 
balog’atga 
yetib, ko`rkamlashib borgani sari, 
o`g’il
bolaning qo`lidan ish kelib, qatorga 
qo`shilgani sari, ota-onada ulardan 
g’urur
lanish, taqdiriga kuyunish, 
g’amxo`rlik
ko`rsatish ham ortib boradi. Bunday 
g’amxo`rlik
shu qadarki, uylangan 
o`g’ilning
qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilaveradi, bu 
ba’zan
, qaynona-
kelin munosabatlarida, yoki ota-
o`g’il
munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni 
keltirib chiqaradi. 
Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini 
tug’ish
, tarbiya 
qilish va jamiyatga tayyorlashda o`ziga xos metodlarni qo`llagan. Boshida o`zidan 
ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda 
ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga yordam beradigan bo`lib 
borgan, ota-onadagi egoizm bolalardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda 
ko`pgina 
ota-onalar 
farzandlarining 
faqat 
o`zini 
o`ylashi, 
ota-onani 
tushunmasligidan noliydigan ham bo`lib qolgan. Lekin aslida tarixiy rivojlanish 
tendentsiyalariga 
e’tibor
berilsa, bunga faqat ota-onalarning o`zlari aybdordirlar. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish