|
1 laboratoriya ishi tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlar ishdan maqsad
| bet | 1/6 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 26,88 Kb. | | #269963 |
Bog'liq 1 - LABORATORIYA ISHI
1 - LABORATORIYA ISHI
TIZIMLI VA AMALIY DASTURIY TA’MINOTNING RIVOJLANISH BOSQICHLAR
Ishdan maqsad: Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlarini talabalarga o`rgatish.
Kerakli jihozlar: kompyuter operatsion sistemani o‘rnatuvchi va drayverlar diski.
Masalaning qo`yilishi:
-
Windows operatsion tizimini o`rnatish
-
Windows operatsion sistemasi bog`liq xatoliklar
-
Windows operatsion sistemasi “sekinlashishi”
-
Diskni tozalash (disk cleanup)
-
Windows OTini sozlash dasturlari
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Kompyuter dasturlarining muhim vazifalaridan biri kompyuter qurilmalari ishini yo‘llantirish hisoblanadi. Dasturlarning asosiy uch turi mavjud:
-
tizimli dasturiy ta’minot:
-
xizmat ko`rsatuvchi (Servisli) dasturiy ta’minot
-
bazali dasturiy ta’minot
-
amaliy dasturiy ta’minot;
-
uskunaviy dasturiy ta’minot;
Operatsion tizim – kompyuter qurilmalarining boshqariladigan kompyuter dasturlari majmuidir.
Operatsion tizim kompyuter va amaliy dasturlar orasidagi interfeys hisoblanadi va har xil amallarni bajaradi:
Windows operatsion sistemasi bog`liq xatoliklar
Windows operatsion sistemasi ishlashi davrida xatoliklar ham bo`lib turadi. Bu xatoliklarni ikki guruhga bo`lib o`rganish mumkin. Ular apparat va dasturiy xatoliklar.
Dastlabki xatoliklar Windows yuklanish vaqtida ko`zga tashlanishi mumkin. Chunki u yuklanishi bilan tizim o`z apparatlari sozligini tekshiradi va u haqida sizga xabar beradi. Ulardan: tizim platasi, protsessor, tezkor xotira, video plata, qattiq disk va boshqa qurilmalar bo`lishi mumkin.
Agarda ulardan biri nosoz bo`lsa, kompyuter ishga tushmaydi.
Ularni bartaraf etish uchun esa: manba kabelini, blokini, protsessor va BIOS ni tekshiring.
Istalgan Windows operatsion sistemasi diskini qo‘yib tiklashni (восстановление) amalga oshiring.
Windows ishida bir necha xatoliklar bo‘lishi mumkin:
-
Operatsion tizim noto‘g‘ri yoki to‘la o‘rnatilmagan bo‘lsa;
-
Drayverlar mavjud holatda bo‘lmasa; (Drayver – maxsus, tizimga xizmat ko‘rsatuvchi dastur bo‘lib, u operatsion tizim va qurilmalar orasida munosabat o‘rnatadi. Ya’ni ularni birgalikda ishlashini ta’minlaydi.);
-
Amaliy dasturlar cheklangan foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa.
|
| |