|
Tweak ХР (http://www.tweak-xp.de)
|
bet | 5/6 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 26,88 Kb. | | #269963 |
Bog'liq 1 - LABORATORIYA ISHI Tweak ХР (http://www.tweak-xp.de)
Bu dastur 2001 yilda yaratilgan bo`lib, hozirgi kunda ushbu utilitaning raqobatchilari unchalik ko`p emas. Bu dastur operatsion tizimning 200 dan ortiq yashirin parametrlarini o`zgartirish imkoniga ega va 20 tadan ortiq alohida utilitalarni o`z ichiga oladi. Bu utilitalar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- operativ xotira va disk “kesh xotira” sini ishlashini optimallashtirish;
- qattiq diskni keraksiz fayllardan tozalash;
- protsessor, ona plata, qattiq disk, videokarta va modemlarning parametrlarini nozik sozlash;
- axborotni tiklash imkoniyatisiz o`chirish;
- parollar generatsiyasining dasturi;
- microsoft Office va Internet Explorer dasturlarini sozlash;
- siz ochadigan veb-sahifalardagi reklama bannerlarini o`chirish funksiyasi kabi ko`plab vazifalarni bajaradi. Yana shuni aytishimiz mumkinki Tweak-XP dasturining yangi versiyalari qariyb har oyda chiqmoqda va ularning har birida ko`plab yangi funksiyalar qo`shilmoqda.
X-Setup (http://www.xteq.com)
Bu dastur tez sozlashga mo`ljallangan kuchliroq dasturdir. Ushbu utilita nafaqat Windows, balki ofis paketlari, CD-R diskni yozma dasturi kabi dasturlarni ham sozlash imkonini beradi. Uning yordamida 400 va undan ortiq parametrlarni o`zgartirish mumkin. Sozlashlar tematik bo`limlar bo`yicha saralanadi: Appearance – Control Panel, Desktop, Files&Folders, Interface, OEM Brandings, Start Menu, System, Taskbar. Hardware – CPU, Hard Disk, Keyboard, Modem, Mouse, PCMCIA, Printers, System Settings, Video Cards.
Information – Appearance, Core, Windows NT/2K/XP CPU, Windows NT/2K/XP.
Internet – Internet uchun keng tarqalgan dasturlarni sozlash;
Network – Tarmoq ishi parametrlarini sozlash;
Program Options – ko`p ishlatilgan bir qator dasturlarni (shu jumladan Microsoft Office ni) sozlash;
Startup/Shutdown – Windowsni yuklash va seansni tugatish parametrlari;
System – tizim samaradorligini sozlash “nozik” qurilmalari (faqat tajribali foydalanuvchilar uchun).
|
| |