|
Windows operatsion sistemasining “osilib” qolishi
|
bet | 2/6 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 26,88 Kb. | | #269963 |
Bog'liq 1 - LABORATORIYA ISHI Windows operatsion sistemasining “osilib” qolishi
Windows operatsion tizimi bir meyorda ishlab turib tasodifan “osilib qolishi” mumkin. Ushbu xolat dasturiy yoki qurilma sababli ro‘y beradi:
Protsessorning “zo‘riqishi” yoki qizib ketishi.
Tezkor xotiraning nuqsonli moduli.
Manba blokining yetarlicha quvvat olmasligi va aksincha.
Ushbu holatlar tizimda tashkil topgan drayver dasturlari, tizimli kutubxona yoki o‘rnatilgan dasturlar orqali amalga oshishi ham mumkin.
Yuqoridagi holat ro‘y berganida quyida keltirilgan amallarni bajaring.
1. Windows OT idagi vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlang.
2. Tizim reyestrini tozalang va defragmentatsiya qiling.
3. Windows kutubxonasini SFC dasturi orqali tekshiring.
4. Windows Update saytiga kirib OT uchun yangi kalit o‘rnating.
Va nihoyat–avvalgidek, eng murakkab qurilmalarning drayverlarini tekshiring (videoplatalarni birinchi navbatda).
Windows operatsion sistemasi “sekinlashishi”
Noldan boshlab “Hard disk” ka OT ning yangi versiyani o`rnatib ko`ring.
Kompyuterga bir necha asosiy dasturlarni o`rnating. Tezlik kamayadi, ammo bu holatda ham kompyuterning ish tezligi qoniqtiradi.
Bir muncha vaqt o`tib xotirada fayllar soni ko`payganidan keyingina tizimning sekin ishlayotgani ko`zga tashlanadi.
Papkalar ochilmay qolishi, tasvirlar sekinlik bilan ekranga chiqishi va dasturlar yuklanishi sustlashishi kabi holatlar kuzatiladi.
Ushbu holatlarda quyidagi sabablar inobatga olinishi mumkin:
Juda ham ko`p miqdorda o`rnatilgan dasturlar, ulardan ko`plari doimo xotirada qiyinchilik bilan yuklanadi.
Qattiq disk va tizim regestrlaridagi vaqtincha kerak bo`lmagan yoki umuman nokerak ma’lumotlar to`planganida.
Qattiq diskning kuchli fragmentatsiyasiga ega bo`lishi.
Windowsning ratsional bo`lmagan sozlanishi.
Ishning jiddiy sekinlashishiga viruslar ham sababchi bo`lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki qayta antivirus dasturini yangi bazalarini tekshirish maqsadga muvofiq.
"Sekinlashishga" boshqa sabablar ham olib kelishi mumkin, lekin havaskor foydalanuvchiga ularni aniqlash qiyinroq. Windowsni yangilab unga tezkorlik qaytarish eng optimal yo`ldir.
Windows − shunchaki operatsion tizim emas. Unda turli xil amaliy dasturlar to`plami yoki ularni ilovalar deb atash mumkin. Matn muharriri va grafik muxarriri, multimedia uchun dasturlar va h.k.
Amaliy jihatdan barcha “Windows” OT ning yordamchi dasturiga “Стандартные” menyusi orqali kiriladi. Bu utilitlar − shaxsiy xizmat ko‘rsatuvchi, o‘ziga xos operatsion tizim dasturlaridir. Har biri bir yoki ikki funksiyani bajarish mumkin.
Utilitlar − ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga, kompyuterga xizmat ko‘rsatishga, ya’ni apparat va dasturiy vositlarni tiklash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqa afzalliklarga mo‘ljallangan dasturlardir.
|
| |