|
1 laboratoriya ishi tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlar ishdan maqsad
|
bet | 4/6 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 26,88 Kb. | | #269963 |
Bog'liq 1 - LABORATORIYA ISHI Zaxira nusxalarini yaratish
Butun qattiq diskdan nusxa olish har doim ham shart emas – chunki bu jarayon ko`p vaqt va ko`p joy egallaydi. Alohida papkalarning nusxalarini tez-tez yaratib turish maqsadga muvofiqdir.
Zaxira nusxalarini yaratish uchun Wndowsning xizmatchi dasturlar bo`limlarida joylashgan ma’lumotlarni arxivlash dasturidan foydalanish mumkin.
To`liq zaxira nusxalash
To`liq nusxalash uchun qisman nusxalashda ishlatilgan dasturidan foydalanish mumkin. Ushbu dastur yana quyildagilarni amalga oshira oladi:
1. Windows ning tizimli fayllarini saqlash va tiklash (bu bilan u sistemani tiklash dasturining o`rnini bosa oladi).
2. Qattiq diskdagi kerakli papka va fayllarning nusxalarini arxivlashtirish.
3. Disk yoki bo‘limdagi hamma ma’lumotlarni to‘liq nusxalash. Bunda u zaxira nusxada maxsus ASR yuklash diskini yaratadi. Bu disk yordamida biz qattiq disk tarkibidagi ma’lumotlarni Windows ni yuklamasdan turib ham tiklash mumkin bo‘ladi.
Windows OTini sozlash dasturlari
Windows tizimida boshqaruv paneli (панель управления) yordamida hamma sozlashlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Lekin uni sozlash va almashtirish imkoniyatlari chegaralangan. Bu ayniqsa kompyuterga biror-bir “nozik sozlash” utilitasini o‘rnatganingizda bilinadi. Ingliz tilida bu tushuncha qisqa va lo`nda Tweak so`zi yordamida ifoda qilinadi. So`zma-so`z tarjima qilsak «tuzoq, qopqon, (перехитреж)» («уловка, щипок, перехитреж») ma’nolarini beradi. Kompyuter texnologiyalarida esa – bu aniq “sozlash” va qo`pol “buzish” o`rtasidir.
Tweak-dasturlar Windows foydalanuvchilariga sistemaning eng nozik, maxfiy qirralarini o`zgartirish imkonini beradi.
Bunday turdagi utilitalar juda ham ko`p.
Agar Tweak XP o`rnatilsa sozlashning turli imkoniyatlari paydo bo`ladi. Ushbu dastur yordamida ishchi stolning tashqi ko`rinishini o`zgartirish, ya’ni u yerdagi ortiqcha yorliqlarni olib tashlash mumkin. Shuningdek kompyuterning lokal tarmoqqa kirish jarayonini to`liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Boshqa nozik sozlash dasturlari kuchliroq imkoniyatlariga egadirlar.
|
| |