|
1 laboratoriya ishi tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlar ishdan maqsad
|
bet | 3/6 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 26,88 Kb. | | #269963 |
Bog'liq 1 - LABORATORIYA ISHI Diskni tozalash (disk cleanup)
Kompyuter tizimida ishlaganda axborotlar almashinuvi albatda amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga kerak bo`lgan dasturlar o`rnatiladi va foydalanilayotgan internet saytlari orqali kerakli ma’lumotlar ko`chirib olinadi. Biz yangi dasturni o‘rnatar ekanmiz, dastur bilan birga ortiqcha fayllar ham paydo bo‘ladi. Internet tarmog`idan foydalanayotganimizda esa har bir yuklangan sayt orqali diskda bir muncha keraksiz fayllar to`planadi. Windows XP tarkibida esa shu keraksiz fayllarni tozalovchi dastur mavjud. Bu amalni bajarish uchun “Пуск” → “Программы → Стандартые → Служебные → Очистка диска” buyrug`i tanlang.
Chiqqan ekranlar ketma – ketligini bajarib tozalash ishlarini amalga oshiring.
Bu kabi yordamchi dasturlar yana mavjud bo`lib ular System Cleaner, System Mechanic yoki Norton Clean Sweep dasturlari, Norton Utilities guruhida mavjud
Tizimni sozlash (“Msconfig”)
Tizimni sozlash uchun “Пуск” tugmasi orqali Выполнить buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan darchaga “Msconfig” buyrug‘i yozilib «OK» tugmasi bosiladi. Ko‘z o‘ngingizda quyidagi buyruqlarga ega bo‘lgan darcha ochiladi:
Общие
SYSTEM INI
WIN.INI
BOOT.INI
Служебные
Автозагрузка
Yuqorida keltirilgan darchalarda tizimdagi barcha sozlashlar amalga oshiriladi. Jumladan kompyuter yuklanayotgan paytda (Автозагрузка) avtomatik ishga tushayotgan dasturlar shu joydan o`rin oladi.
Operatsion sistemasida foydalanuvchilarni tashkil etish.
Shaxsiy kompyuterda ishlaganda dastlab yagona administrator rejimi mavjud holda va “Гость” (Mehmon) qismi o‘chirib qo‘yilgan tarzda faoliyat boshlaydi. Yaratilgan har bir foydalanuvchi uchun “Мои документы” (Mening hujjatlarim) va Ishchi stoli alohida yaratiladi. Faqatgina qattiq diskdagi joylar umumiy holatini tashkil etadi.
Kompyuter administratori holati tanlnasa quyidagi imkoniyatlar beriladi:
a) foydalanuvchilarni yaratish, o`zgartirish, o`chirib tashlash;
b) boshqa foydalanuvchining fayllarini boshqarishi, ya’ni ko`chirib olish, o`zgartirish, o`chirib tashlash;
v) dasturlarni o‘rganish va istalgan faylga boshqa kompyuter uchun “доступ” ochish;
Foydalanuvchinig cheklangan imkoniyatlari holati tanlanganda esa:
a) faqat o`z parolini o`rnatishi va olib tashlashi;
b) o`z ishchi stolini sozlashi;
v) umumiy hujjatdagi fayllariga ega bo`lishi mumkin;
9. Ro‘yxatdagi foydalanuvchini tizimdan olib tashlash uchun shu foydalanuvchi yorlig‘ini bosing, hosil bo‘lgan “Удаление учетной записи” tugmasi orqali foydalanuvchini tizimdan olib tashlang.
10. Foydalanuvchini yaratish uchun “Создать учетную запись” tugmasini bosing. Yangi foydalanuvchi uchun nom bering, lozim bo‘lsa parol o‘rnating.
|
| |