Ota-onalar bilan psixologik-pedagogik profilaktika ishlari
oilada er yoki
xotin tomonidan bir-birlariga nisbatan noo`rin, beshavqat munosabatlar sodir
etilganda amalga oshiriladi. SHuning uchun amaliyotchi psixolog eng avvalo er-
xotinlarning qay biri ko`proq aybdor va qaysi birining insoniy
sha’ni
va huquqlari
paymol etilganini aniqlashi darkor.
S.Kovalev
ning fikricha, nizokash er-
xotinlarning dastlabki muloqotda psixologga bergan
ma’lumotlari
har doim ham
haqqoniy,
ob’ektiv
bo`lavermaydi. Psixolog xizmatidan foydalanishni istagan
shaxsning o`zi muammoni aniq nimada ekanligini bayon etolmaydi. Masalan,
eridan noligan xotin erning qay darajada nohaqligi yoki nima sababdan undan
ko`ngli qolganligini aniq aytib berolmaydi. Ayniqsa, bunday holatlarda nizoli
vaziyatni keltirib chiqargan
“
aybdor
”
bola bo`lib chiqsa, ikkala tomon ham o`zicha
haq va ularning ikkisini janjallashishga turtki bo`lgan omil ularning farzandini
sevishi bo`lib chiqadi.
Rus olimi
V.V.Stolin
psixologik xizmat markazlariga norozilik bilan murojaat
104
qilgan ota-onalarning shikoyatlari mazmunini o`rgangan va ularni toifalarga
bo`lgan:
1. Bolasidan tashvishlangan ota-onaning murojaati. Aslida
ba’zi
murojaatlar
o`rinsiz bo`lib, ota-onaning ortiqcha jonsarakligi, xavotirchanligi tufayli kelib
chiqadi, ular har ehtimolga qarshi bolsini parvarishlash, tarbiyalashga adashib
ketmaslikdan qo`rqib psixolog qabuliga keladi.
2. SHikoyatli murojaat ota-onaning bolaga munosabatining o`zidan kelib
chiqadi. CHunki aslida bola ota-ona ishora qilayotgan tashvishlardan,
nuqsonlardan xoli bo`ldai. Masalan, onaning fikricha, bolasi uni yoqtirmaydi,
uning aytganlarini qilmayapti, aslida uning o`zi bolaga yetarli va o`rinli mehr
berolmaydi.
3. SHikoyat qisman yoki mutloq asosli, chunki bolada haqiqatan ham ota-
onaga, yaqinlariga, yaxshi ko`rgan narsalariga nisbatan
noto`g’ri
munosabat
shakllana boshlagan yoki anchadan buyon namoyon bo`lmoqda. Bu nuqsonlar
asosan ota-ona va bola o`rtasidagi munosabatlarga aloqadorligi psixolog aniqlaydi.
4. Bola xulqidagi
og’ishlar
va ularga bohliq xatti-harakatlar ota-onani jiddiy
tashvishga soladi. Lekin bunday holat umuman oilaviy o`zaro munosayuatlarning
darz ketganligini oqibati bo`lishi mumkin. Bu odatda bolaning ota-onasi bilan
normal munosabatda ekanligini ko`rsatadi, lekin xulqdagi nomuvofiqliklar
bolaning o`qishi, intizomi, maktabdagi burchlarini to`la bajarmayotganligi bilan
bog’lanadi
.
5. Bolaning ota-onasi bilan munosabati yomonligining sababi
–
asosan
kattalarning bolaga nisbatan adolatsizligi oqibati hisoblanadi. Bunday holatlarda
haqiqatan ham bolaning psixologiyasida jiddiy o`zgarishlar va muammolar bo`ladi
va ota-onaning shikoyati jiddiy psixologik tuzatish ishlarini taqozo etadi.
Yuqoridagi kabi shikoyatlar ortib borgan sari oxirgi yillarda ota-onalarning
o`z farzandlarini
to`g’ri
tarbiyalashlari, o`zaro munosabatlarini
to`g’ri
maromda
tashkil etishlari borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. SHunday
loyihalardan biri
“
Ota-onalikning samaradorligi treningi
”
bo`lib, u rus olimi
A.
Alad
ь
in
tomonidan taklif etilgan. Bu trening ota-onalarda oilaviy munosabatlarda
105
o`zini qanday tutish, farzandlar bilan munosabatda qo`llaniladigan eng samarali
usullar borasidagi bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishga yo`lantirilgan.
O`zbekiston sharoitida ham endi keng ko`lam yozayotgan xususiy va davlat
muassasalari taklif etayotgan
“
Oila saboqlari
”, “
Ijtimoiy psixologik treninglar
”
aynan er-xotinlarni ota-onalikka va o`zaro munosabatlarning turli jihatlariga
qaratilgandir. Respublika
“
Oila
”
ilmiy-amaliy markazi tomonidan mahallalarda
tashkil etilayotgan
“
Ota-onalar universitetlari
”
ning asosiy maqsadi va yo`nalishi
ham aynan shu kabi muammolarni joyida, oila muhitida yechishga kattalarni va
yoshlarni o`rgatish, ularda sohlom munosabatlar psixologiyasini shakllantirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
|