98
o`z-o`zini boshqarish organi bo`lmish mahalla va undagi yarashtirish
komissiyasining
a’zolari
bo`lmish faollar bunga aralashadilar,
arzimagan sabab
bilan ajrimgacha borayotgan yoshlarga jamoatchilik monelik ko`rsatadi. CHunki
milliy mentalitetda farzandni tirik yetim qilib qo`yish katta gunoh hisoblanadi,
shuning uchun azaldan urf bo`lgan tamoyil borki, yosh oilaning keyingi taqdiriga
kattalar aralashadi va oilaviy nizoning sabablari o`rganilgach, bir qarorga kelinadi.
Agar oilaviy nizo yoshlarning, birinchi navbatda
ayolning va farzandlarning
salomatligi, tinchligi va birgalikda yashashlariga jiddiy xavf solgan hollarda
(xiyonat tufayli bir-birini kechirolmaslik, erning tinimsiz alkogol
iste’mol
qilishi
tufayli ayolni muntazam qiynashi, maishiy zo`ravonlik,
oila byudjetiga erkak
ulushining qo`shilmasligi kabi) jamoatchilik ayolning xaq-huquqlarini himoya
qiladi va mahallaning o`zi ayol, uning farzandlari taqdirini belgilash, ularni
ijtimoiy himoya qilish maqsadida bu ishga aralashadi. Joylardagi xotin-qizlar
faollari oxirgi yillarda aynan shu masalalarda o`z-o`zini
boshqaruv organlarining
odilona faolligini oshirishga alohida
e’tibor
berib kelmoqda.
Mahalladagi yarashtirish komissiyalarining
a’zolari
bilan o`tkazilgan
suhbatlardan
ma’lum
bo`ldiki, ular aksariyat holatlarda aynan ayollarning
manfaatlarini himoya qilish bilan
shug’ulla
nadi, lekin ayolning aybi va uning
oilaviy
yumushlarga tayyor emasligi, eri va qarindoshlar bilan
to`g’ri
munosabatlarni o`rnatishga no`noqligi tufayli oila ajrim arafasida bo`lgan sharoitda
mahalla maslahatchilari kelin bilan
ma’rifiy
va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Masalan, Samarqand viloyati bo`yicha
ma’lumotlarga
e’tibor
beradigan bo`lsak,
2006 yilning 10 oyi mobaynida jami 20711 ta nikoh qayd qilingan, sudlar orqali 59
ta va FXDYo idoralari bo`yicha 148 ta nikoh ajrimlari qayd etilgan. Jami
yarashtirilgan oilalar soni 23 ta tashkil etgan bo`lsa, 2005 yil mobaynida
Samarqand shahri bo`yicha sudga ajralish haqida
da’vo
arizasi berganlar soni 885
ni tashkil etgan, kattalarning va mahallaning aralashuvi bilan 162 ta oila saqlab
qolingan, barchasida ayollar va bolalarning manfaatlari himoya qilingan.
FXDYo organlaridan
olingan raqamlardan
ma’lum
bo`lmoqdaki, oxirgi
yillarda FXDYo organlari orqali sodir bo`layotgan ajrimlar soni ortmoqda, buning
99
asosiy sababi
–
er yoki xotinning, yoki ikkalasining bepushtligidir. Milliy
mentalitet
nuqtai nazardan qaralganda, 1-2 yil ichida o`rtada farzandning
bo`lmasligi, ming afsuski, yosh oilaning buzilishiga sabab bo`lmoqda, bunda
oilaning kattalari ko`proq salbiy rol
ь
o`ynaydi,
ya’ni
, bu borada sabrli munosabat
xali shakllanmagan.
O`zbekistonda nikoh ajrimlarining imkon darajasida kam bo`lishi yo`lida olib
borilayotgan ishlar o`zining natijalarini bermoqda. Yil
sayin sudlar orqali nikoh
ajrimlari sonining kamayib borayotganligi fikrimz dalilidir. Quyidagi jadvalda
oxirgi yillarda nikoh va ajrimlar koeffitsientlari keltirilgan.
Raqamlardan ko`rinib turibdiki, 1000ta qayd etilgan nikohga nisbatan
olinganda, 1989 yilga nisbatan (14,6) 2006 yilda ajralishlarning miqdori kamaygan
va 10,8 ni, 1000 nafar aholi soniga nisbatan hisoblaganda ham 2006 yilda salkam
0,6 promillini tashkil etdi. Bu MHD orasidagi eng ijobiy ko`rsatgichdir. Lekin
absolyut miqdorda hisoblaganda, rasmiy nikohlar sonining oxirgi 5 yil mobaynida
o`sib
borayotganligini, nikohdan ajralganlikning absolyut miqdori esa, aksincha,
kamayib borayotganligini (2004 yilda 17393 tani, 2005 yilda 16392 nafarni, 2006
yilda
–
salkam 15000)
ta’kidlash
mumkin
20
.
6.1-jadval