97
moddiy, maishiy muammolar
–
55;
er yoki xotinning ichkilikka ruju qo`yishi
–
39;
yoshlar uchun oilaviy qadriyatlarning pastlab ketishi
–
27;
er-xotin xiyonati
–
19;
psixologik mos kelmaslik
–
17;
oilaviy hayotning mazmunsizligi
–
12;
boshqa birovni sevish qolish
–
11;
farzandlarning yo`qligi
–
7;
boshqa sabablar
–
2;
javob berishga qiynalganlar
–
6.
Respublika
“
Oila
”
ilmiy-amaliy markazi tomonidan
nikoh ajrimlarining
sabablari
o`rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o`rinda er-xotinlarning
o`zaro kelishmovchiliklari,
fe’l
-atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk,
xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning chiqishmasliklari,
erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va
shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani
boshqara olmasligi), qudalarning to`ydan keyin o`zaro kelishmay qolishlari, erning
daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi. Poytaxt bo`yicha ajrimlar sabablari
o`rganilganda, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli oilaning buzilishi eng oxirgi o`rinda
qayd etiladi, chunki aksariyat o`ziga to`q, boy-badavlat oilalarda yoshlar asosan
uch sabab tufayli ajrishib ketmoqda: rashk va xiyonat, kelin-qaynona
munosabatlaridagi kelishmovchilik va turmush sharoitidagi noqulayliklar.
Umuman olganda, nikoh ajrimlarining bosh omili yoshlarni
ma’naviy
jihatdan
turmush qurishga tayyor emasliklaridir.