-bob. Oilaviy munosabatlarning buzilishi: nikoh ajrimlari




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

6-bob. Oilaviy munosabatlarning buzilishi: nikoh ajrimlari 
6.1. Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari 
fsuski, barcha oila ham ota-ona va ular dunyoga keltirgan farzandlar bilan 
to`liq bo`lavermaydi. Taqdir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib 
chiqadi va uning oqibati sifatida nikoh barbod bo`ladi. Olimlar nikohning barbod 
bo`lishini o`rganib, uning sabablari turlicha bo`lishi mumkinligi 
to`g’risida
o`z 
nazariy qarashlarini bayon etganlar. Masalan, ayrim psixologlar ajrimlarni 

turtki
” 
kontseptsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar. 
Ya’ni
, yaxshi tinch-totuv 
yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan, xiyonat, o`lim, 
xastalik, rashk va shunga o`xshash voqealar turki bo`ldiyu, oila ustuni qulaydi. 
Aslida hayotda qo`qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan 
buzilib ketishi kam uchraydi. 
Yana bir holat olimlar fikricha
, “
orqaga ketish
” 
deb nomlanadi. Bu shunday 
holatki, unga ko`ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar 
bog’lab
turgan, lekin 
aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko`rsa 
g’ashi
keladigan, gaplari 
yoqmaydigan, nizokash bo`lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi. 
Sababi 

birdan yongan olov, 
ya’ni
, muhabbat, 
ma’lum
vaqt o`tgach o`chishi, 
so`nib qolishi mumkin.
SHu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir 
bo`lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod 
bo`lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o`ziga xos asoslar bo`lgan deyish 
mumkin. Masalan, SHarq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo`lishi eng 
kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. CHunki oila institutining poydevori 
mustahkam bo`lishiga ajdodlarimiz 
qayg’urganlar
. Yetti pushtini surishtirish, 
sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini 
bog’lash

hattoki, uzoq qarindoshlar o`rtasidagi nikohlar, 
ya’ni
, oldindan bir-birlarini bilgan 
odamlarning o`zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish 
o`zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va 
ta’kidlab
o`tilgan nikoh 
motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining 

etti 



94 
o`lchab bir kesishi
” 
oilaning mustahkam bo`lishi uchun zamin hisoblangan. 
Nikoh ajrimlariga kelsak, bunday holat SHarq xalqlarida ham, bizda ham 
sodir bo`lgan. Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo`lgan omillar sifatida 
avvalo, er yoki xotinda to`ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko`p holatlarda 
erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan 

til
” 
topishib ketishi, 
boobro` va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo`rlik bilan eski 
oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab 
erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o`z 
ro`zg’orini
yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo`lib 
qolishi kabi sabablar qayd etilgan. Muhimi shunki, nikohning barbod bo`lishidagi 
tashabbus asosan erkak kishining qo`lida bo`lgan. Agar u xohlasagina nikoh 
barbod bo`lgan. Agar mabodo ayol tashabbus ko`rsatsa, u qattiq jazolangan, 
jamoatchilik uni qoralagan, hattoki, tosh bo`ron qilinganligi 
to`g’risida
qadimgi 
tarixdan, eski kinofil
ь
mlardan 
ma’lum

Boshqa xalqlarda ham o`ziga xos 
an’analar
mavjud bo`lgan. Masalan, 
qadimgi Xitoyda nikoh ajrimiga olib keladigan sabablarga erning ota-onasi 
ra’yiga
qaramaslik, ularga kelinning gap qaytarishi, betga choparlik, bepushtlik
mahmadonalik, bedavo xastalik, rashk kabilar kirgan. Lekin yuqoridagi holatlar 
bo`lsa-yu, ayol erining ota-onasiga aza tutayotgan bo`lsa yoki u chin yetim bo`lsa, 
eri uni baribir uydan xaydab yubora olmagan. 
Qadimgi Gretsiyada esa nikoh ajrimini sodir etish ancha yengil bo`lgan. Er 
guvohlar oldida xotiniga u bilan ortiq yashay olmasligini, nikohi buzilganligini 
aytgan, ayol barcha sep-suriqlarini 
yig’ishtirib
, o`z ota-onasining oilasiga qaytib 
ketavergan. Sarpo suriqlar, ayolga tegishli barcha narsalarning unga berilishi 
majbur hisoblangan, hattoki, ajrimning sababi ayolning xiyonati bo`lgan taqdirda 
ham mol-mulk, ziynatlar ayolga berilavergan. Lekin ayol eri bilan yashashni 
xohlamay qolgan holatlarda uning ajrim olishi mushkulroq bo`lgan, bunday 
paytlarda xotin shahar xokimiga yozma ravishda rasmiy murojaat qilishi, va ular 
qaror qabul qilishi lozim bo`lgan. Bunday hollarda kim aybdor deb topilishidan 
qat’iy
nazar, bolalar otasi bilan qoldirilgan. 


95 
Rimliklarda ham ajrimlar ilgaridan odatiy holday qaralgan. Tarixdan 
ma’lumki
, shoir 

Download 1,81 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Oilaviy munosabatlarning buzilishi: nikoh ajrimlari

Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish