s
og’lom
turmush tarzi bu
–
har bir insonning
ma’naviy
, aqliy, ruhiy
va jismoniy xususiyatlarga ega bo`lishga harakat qilishidir. Agar inson o`z hayotini
faol harakatlanish rejimiga sola olsa, kun tartibini ongli belgilay olsa, ovqatlanish,
mehnat qilish yoki dam olish tartiblarini
to`g’ri
tashkil eta olsa, gigiena qoidalariga
rioya qilgan holda zararli odatlardan o`zini tiya bilsa, atrof-muhitga ehtiyotlik va
sarishtalik bilan qarab, oilada va yonidagi qo`ni-qo`shni, yaqin qarindoshlar bilan
tinch-totuv yashashga imkon beruvchi muomala madaniyatiga ega bo`lsa va
sog’lom
farzandning
tug’ilishiga
eng avvalo o`zi
mas’ul
ekanligini tushunsa, unda
sog’lom
turmush tarzi haqida tasavvurlar mavjud, deyish mumkin.
Bugungi kunda butun dunyoda salomatlik va
sog’lom
turmush tarziga katta
e’tibor
berilmoqda. Masalan, amerikalik olimlar bu narsaga panja ortida qarash
nimaga olib keladi, degan savolga ko`proq ularni agressiv xulq-atvor bilan
bog’
lamoqdalar.
Ya’ni
, odam urushqoq, salga tajang bo`ladigan, sabrsiz bo`lib
qoladi. Bu narsa oxir oqibat giyohvandikka berilish, ichkilikka ruju qo`yish, oilada
er-xotin o`rtasida
nosog’lom
munosabatlarning kelib chiqishi, ayolga nisbatan
zug’umning
ortishi, sportga nisbatan befarqlik, shaxslararo ziddiyatlarni keltirib
chiqaradi.
Respublika
“
Oila
”
ilmiy-amaliy markazi olimlari 2000 yillarning boshida
O`zbekiston xududidagi qishloq oilalari
a’zolarining
sog’lom
turmush tarzi
borasidagi savodxonligini maxsus tadqiqot doirasida o`rgandi. Xorazm,
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va
Qoraqalpog’iston
Respublikasidagi 600
dan ziyod xotin-qizlar bilan suhbat va so`rovlar o`tkazildi. So`raluvchilarning
aksariyati
tug’ish
yoshidagi ayollar bo`lib, ularning fikrlarini umumlashtirib tahlil
qilinganda, oilali ayollarning 21%i va erkaklarning 9,9% surunkali kasalliklarga
89
chalingan ekan. So`raluvchilardan 53,3%i faqat kasal bo`lgandagina vrachga
murojaat qiladi, qolganlari vaqti-vaqti bilan murojaat qiluvchilardir. Demak,
ko`pchilik betob bo`lib qolganlagina vrachga murojaat qiladi, hattoki, kasal o`tib
ketgandan keyin vaqt topadiganlar ham kam emas. Demak,
sog’lom
turmush
tarziga aloqador tibbiy madaniyatimiz borasida o`ylashga arziydigan muammo bor.
SHu bois ham,
sog’lo
m turmush tarzi kategoriyasi ko`proq ijtimoiy
kategoriya bo`lgani Markaz olimlari so`raluvchilarning tibbiy-gigienik
ma’lumoti
darajasini o`rgandilar. Masalan
, “
O`z farzandlaringiz bilan tibbiy-gigienik
mavzuda suhbatlashib turasizmi
?”
degan savolga barcha so`rluvchilarning 62,6%
ijobiy javob bergan bo`lsalar, umuman gaplashmaydiganlar 19,8%ni tashkil etdi.
Bu o`ylantiradigan holat, albatta. Lekin tibbiy bilimning zaruratini anglaydiganlar
qishloq aholisi o`rtasida ortib bormoqda. Masalan, so`raganlarimizning
82% “
Har
bir kishi tibbiy bilimga ega bo`lishi kerak
”
deb hisoblaydi. SHunisi
e’tiborga
molikki, o`rganilgan guruhdagilarning 87,7 foizida birinchi farzandlari qolgan
keyingilariga nisbatan ko`proq xastalangan. Demak, yosh ona bolasini parvarish
etish malakasiga, tajribasiga ega bo`lmaganidan tez-tez kasal qilib qo`yadi. Aynan
o`shalar tibbiy savodxonlikka muhtojdir.
Albatta,
sog’lom
turmush tarzi tushunchasi har insonda o`ziga xos tarzda
shakllanar ekan. Respondentlarga
“Sog’lom
turmush tarzini qanday tushunasiz
?”
deb savol bilan murojaat qilinganda, ko`pchilik,
ya’ni
so`ralganlarning salkam
41%i uni
“
atrof-muhit tozaligi
”
bilan, 37,3% i
“to`g’ri
, ratsion bo`yicha
ovqatlanish
”
bilan, qolganlar
–
“
o`z vaqtida uxlash
”, “
sport bilan
shug’ullanish”
(28,4%),
“
chekmaslik, ichmaslik
”
kabilar bilan
bog’lashdi
.
Albatta, bu kabi
sog’lom
turmush tarzi bilan
bog’liq
tasavvurlar shakllanadi,
kerak bo`lsa, tarbiyalanadi.
Sog’lom
turmush tarzi haqidagi tushunchalarni qaerdan
olish mumkinligini o`rganilganda, tabiiy, OAVning o`rni va roli katta ekanligi
ma’lum
bo`ldi. Ayniqsa, xotin-qizlarning fikricha, televideniening roli katta
(72,6%), gazetalar
–
ikkinchi o`rinda
–
57,5%, jurnallar
–
46,3% va radio
–
31,2%.
Demak, bu manbalardagi axborot va
ma’lumotlarning
xalqbop, ommabop
bo`lishiga alohida
e’tibor
berish, mahalla guzarlarda radio eshittirishlari va davriy
90
gazeta, jurnallarning vaqtida berilishiga alohida
e’tibor
berish lozim. Demak,
sog’lom
turmush tarzi
to`g’risida
har bir yosh avlodda shakllanadigan bilimlar,
tasavvurlar va ularning amaliy turmush tarkibida ongli xatti-harakatga aylanishi
ko`plab ijtimoiy muammolarni yechishga imkon beradi. SHuning uchun ham
bugun xalq o`rtasida amalga oshiriladigan
targ’ibot
va tashviqot ishlarining
samaradorligini oshirish, buni mafkuraviy va
ma’naviy
ishlarning tarkibiy qismiga
aylantirish lozim.
Mustaqil yurtimizda keng quloch yozayotgan bolalar sportini rivojlantirish,
oilaviy sportni milliy mentalitetimiz xususiyatlariga mos tarzda hayotga joriy etish,
mustahkam oilada
sog’lom
turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha
sa’y
-haraktalarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo`lib, yurtimizda tinchlik,
totuvlik hamda rivojlanishga, yosh oilalarning mustahkamligiga xissa bo`ladi.
Bunda mamlakatimzda amalga oshirilayotgan qator hayrli tadbirlar, jumladan
nikoholdi tibbiy ko`rikdan kelin va kuyovlarni o`tkazish amaliyoti o`zining juda
katta ijobiy samarasini berishi tabiiy.
|