82
5-bob. Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik
muammolari
5.1. Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
sh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan
yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi
nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv,
ya’ni
, er va
xotinning pasport yoshini
inobatga olib, oilaga maqom berish
to`g’riroq
bo`lib, qachon turmush
qurganligidan
qat’iy
nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom
ma’noda
katta mehnat stajiga ega bo`lmaydi, va ko`p hollarda ayol-ona aynan shu
davrda farzandli bo`lib, uy bekasi bo`lib o`tirib qolishi ehtimoli katta. Agar
ikkinchi yondashuv bo`yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko`ra
tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o`rtacha ko`rsatgichi
ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim.
CHunki ayrim davlatda va
ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi
rag’batlantirilsa
,
boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar
orttirish bo`yicha professional malakaga erishish
asosiy qadriyat hisoblangan
sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki xali ham turmush
qurmagan bo`lishi ham mumkin.
Ma’lumotlarga
qaraganda, Amerika Qo`shma
SHtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida, SHarqiy
Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil
sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o`tib ketmoqda. Juda
erta turmush qrish qanchalik oila va uning barqarorligi
bilan ijtimoiy-iqtisodiy
qiyinchiliklar bilan
bog’liq
bo`lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar
va moddiy-
ma’naviy
qiyinchiliklar bilan, eng muhim er va xotinning salomatligi
holati,
tug’ilajak
zurriyodning
sog’lom
tug’ilishi
bilan
bog’liq
muammolarni
keltirib chiqaradi.
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
juda yosh oila
–
nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
yosh oila
–
5 yildan 9 yilgacha;
Yo