75
o`hshaydi,
ba’zan
er va xotin bir-biriga nafaqat xarakter nuqtai nazaridan,
balki
tashqi ko`rinish bo`yicha ham o`xshab ketadi, deyishadi. Ikkinchidan, ayni shu
birlik, o`xshashlik
, “
kirib ketishlik
”
erni ham ayolni ham jamiyatda o`ziga xos bir
avtonomiyaga, jozibadorlikka erishib borayotganligining namoyon bo`lishiga turtki
bo`ladi. SHu bois bo`lsa kerak, ijobiy hislar tufayli tashkil bo`lgan oilada sevish-
sevilishning nafrat-agressiyaga almashinib ketishi ham oson kechadi. Arzimagan
narsalar ham
ba’zan
ikkalasini urishtir qo`yishi mumkin. Bunday polyar, bir-biriga
zid hissiyotlarning namoyon bo`lishi ayrim davrlarda unisi yoki bunisining
kuchayib ketishiga ham sabab bo`ladi. Masalan, ayol farzand ko`rgan vaqtida,
ko`proq chaqaloq bilan ovora bo`lib, eriga befarq qoladi, o`z navbatida unda ham
ayoliga nisbatan befarqlik (hattoki, rashk, nafrat)
hissi
uyg’onishi
, aksincha,
muayan davrlarda esa ikkalasi Layli-Majnun bo`lishib, faqat bir-birining ishqida
yonib yashashi ham kuzatilgan.
E.SHostrom
(1994) er bilan xotin o`rtasidagi
“
ishqiy
”
pozitiv
munosabatlarning quyidagi ko`rinishlarini bayon etadi:
bir-biriga
bog’lanib
qolish
yoki
o`zaro
g’amxo`rlik
qilish hissi.
Bu shu qadar
kuchli bo`lishi mumkinki, er-xotin boshqa bir insonga shunga o`xshash yaqin
munosabatni his etmay qoladi. Natijada
ba’zan
o`g’lini
qizg’angan
qaynona
kelini bilan turli narsalarni bahona qilib, nizo chiqaraveradi.
do`stlik
–
er va xotinning bir-birlarida eng nodir sifatlarni,
jumladan, o`ziga
xoslik va individuallikni tan olishni nazarda tutadigan hissiyot;
eros
–
sevgining romantik ko`rinishi bo`lib, er-xotinning bir-biriga nisbatan
xissiy-jinsiy mayllarining kuchini belgilaydi;
empatiya
esa, erning yoki xotinning o`z turmush
o`rtog’iga
doimiy
g’amxo`rligi
, uni tushunishi va kerak bo`lsa, al
ь
truistik fidoiyligini
baholovchi hisdir;
o`zligini sevish, qadrlash
–
bir tomondan er-xotinning
har qanday sharoitda
o`zida eng afzal jihatlarni anglay olish va boshqa tomondan, kerak bo`lsa,
yori tufayli o`z xohish-istaklarini jilovlay olish, fidoiylikni namoyon qilishga
imkon beruvchi hissiyot.
76
E.SHostrom
ning fikricha
, “
er va xotin vaqti-vaqti bilan bir-birlariga
zug’um
qilish, xafa qilishga
ma’nan
haqlidirlar
”,
lekin bunday
munosabatlarning yakuni
yaxshilik bilan tugashi, shu bahona bir-birlarini yanada yaxshi va yaqindan
bilishlariga turtki bo`lishi kerak.
Er va xotin o`rtasidagi salbiy munosabatlarga asos bo`luvchi hissiyotlarga
olimlar quyidagilarni kiritadilar:
achchiqlanish
–
oilaviy hayotda ko`p uchraydi, chunki u o`zaro
g’amxo`rlik
va
bog’liqlik
kamaygan sharoitlarda o`z-o`zidan paydo bo`ladi; F. Perlzning
yozishicha
, “
Vaqti-vaqti bilan bir-biridan
achchiqlanib turish
–
demak, bir-
birini sevish va o`zaro muomalaga bo`lgan intiqlikdir
”.
aybdorlik
–
o`zining qilmishi uchun o`ch olishday gap, ko`pincha bu hissiyot
ataylab namoyon etiladi;
arazlash
–
turmush
o`rtog’idan
o`ch olish maqsadida namoyon etiladigan his-
tuyg’u
;
nafrat
–
turmush
o`rtog’iga
go`yoki dushmaniga qaraganday muomala qilish
va bu yo`lda
ba’zan
uzoq vaqt gaplashmay qo`yish yoki ataylab o`zini
yomonday ko`rsatishdir. Afsuski, bu hissiyot oilaviy hayotda tez-tez bo`lib
turadi. Lekin u odamni ichidan zil ketishiga, ich-etini yeb qo`yishiga olib
keladi;
tanqid
qilish
–
qo`rqoqlikka o`xshaydi, aniq munosabatlarning xarakterini
namoyon etishga imkon bermaydi,
SHostromning fikricha, bu hissiyot
achchiqlanishga o`tgani
ma’qul
;
turmush
o`rtog’idan
yiroqlashish, ketib qolish
–
bu ham
ma’lum
ma’noda
bir-
birini nazoratda ushlashning bir ko`rinishi, lekin vaziyatni aniq oydinlashtirib
olishga xalaqit beradi;
befarqlik
–
umuman munosabatlarni yashiruvchi xis bo`lgani uchun u
aloqalarning
yomonlashib
ketishini
tezlashtiradi,
hattoki,
bunda
psixoterapevtik yordam berish ham mushkul bo`lib qoladi.
SHu kabi munosabatlar mohiyatan shaxslararo munosabatlarning
ko`rinishlarini ifoda etadi.