72
ibo kabi sifatlar sababchi bo`ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo`lgani
uchun ham yangi tanishlar o`zlarida aynan sherigiga
yoqadigan shu sifatlarni
namoyon etishga intiladilar.
2.
Mashg’ullik
yoki rom bo`lib qolish
. Bu bosqichda tanishib ulgurgan
yoshlar davomli uchrashuvlar natijasida bir-birlaridagi ijobiy sifatlarni anglab, bir-
birlariga ko`nika boshlaydi. Faqat
e’tibor
ijobiy, yaxshi sifatlarga qaratilgani bois
sheriklar
adashishlari ham mumkin, qolaversa, yangi tanishlar o`zlarini biroz
sun’iy
tutib, asl qiyofalarini ataylab niqoblashga ham uringanliklari uchun mabodo
salbiy sifatlar ham namoyon bo`lib qolgan taqdirda
ayrimlar ajrashib ketadilar,
ayrimlar esa uchrashuvlarni davom ettiraveradilar.
3.
Ko`nikish
–
munosabatlardagi o`ziga xos yangilikning kamayib borishidir.
Endi boshida o`zgacha joziba kasb etgan tashqi ko`rinish, xusn, qaddi-qomat
kabilar odatiydek idrok etilib, hissiyotlar tobora kamayib boradi.
4
. Kutish
–
munosabatlarning muayyan bosqichida xayol-fantaziyadagi ideal
obraz
bilan real, kundalik hayotda tobora namoyon bo`lib borayotgan asl nusxa
o`rtasida ayrim ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar ko`zga
tashlanishi bilan
boshlanadi. Endi tobora kutishlar tizimida ko`ngil qolish, afsuslanish kabi holatlar
ham paydo bo`lib, ong sherikdagi ayrim salbiy, yoqimsiz sifatlarni ham idrok qila
boshlaydi. Bunga ayni shu davr ichida boshqalar bilan tanishish tajribasi ham
sabab bo`lishi mumkin. Masalan, talaba yigitning boshqa bir shaharga olimpiadaga
yoki xizmat safariga borishi, u yerda o`zgacha nafosatli
bir qiz bilan tanishib
qolishi unda solishtirish imkoniyatini yaratadi, va qaytib kelgach, uchrashib yurgan
qizidan ayni o`sha sifatlarni kutadi, lekin topolmasa, undan ranjiy boshlaydi.