3.3. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari
unday qilib, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki
o`chog’i
oila bo`lib, aynan
ota va ona dastlabki ijtimoiy ko`nikmalarni bola ongiga singdiruvchi,
uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs
sifatida o`zligini anglash, balki o`zini u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va
shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning
kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to`liq bo`lishi,
ya’ni
, unda ham ota, ham
onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar,
sog’lom
ma’naviy
muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi
rivojlanishi,
sog’lom
, aqlli, kuchli iroda sohibi bo`lib yetishiga imkon beradi.
Bolaga ham otaning ham onaning bo`lishining zarurati shu bilan izohlanadiki,
masalan, qiz bola onasi va uning oilada o`zini tutishiga qarab, o`zini ayollar jinsiga
taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo`lishini tasavvur
qilsa, otasiga, uning onasiga bo`lgan munosabatiga qarab, o`zini kelajakda oila
qurganda qanday oila sohibasi bo`lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday,
o`g’il
bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib
borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan
qizi qanday sifatlar sohibasi bo`lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada
mavqeiga qarab, o`zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda
turmush
o`rtog’iga
qanday munosabatda bo`lish lozimligi
to`g’risida
bilim va
tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo`lib, shaxsning oiladagi
shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. SHu bois ham
bolaning tom
ma’noda
yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda
munosib mavqega ega bo`lishi uchun oila muhiti
sog’lom
, barqaror, er va xotin
bir-birlariga
g’amxo`r
, mehrli v asadoqatli bo`lishlari o`ta muhimdir.
Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo`lishida muhim
SH
63
ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. SHu bois ham olimlar oilaning eng
muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funktsiya ekanligini
doimo
e’tirof
etadilar.
Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama,
ya’ni
, farzandlar
tarbiyasidagi roli bilan cheklash
to`g’ri
bo`lmaydi. CHunki ayniqsa, yosh oilada
nikohdan so`ng er va xotin boshqa oila
a’zolari
jamiyatida xohlasa-xohlamasa o`z-
o`zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o`zgartirib boradilar. Masalan, ilgari
tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush
o`rtog’i
nigohida
obro`si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o`zida kuch-qudratni, irodani sezib,
dadil, faol, o`ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo`lib borishi tabiiy. Kelinchak
ham yangi xonadon sharoitiga ko`nikib borgan sari, uning
an’analarini
muvaffaqiyat bilan o`zlashtirib borgan sari, turmush
o`rtog’ining
mehrli
muhabbati, qaynnona va qaynotaning
g’amxo`rligi
,
e’tiborliligi
oqibatida yanada
iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo`lib, o`zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy
xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu
–
er va xotin uchun oila muhitining
yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o`rnini isbotlaydi.
Lekin ayrim oilalarda er va xotin o`rtasida samimiy, iliq munosabatlarning
yo`qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari,
ma’nan
esa bir-birlariga
nisbatan beganoday qolganliklari bois bu yerda o`zaro munosabatlar hamisha
tarang, yuzaki bo`lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning o`ziga
balki ularni o`rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy
ta’sir
etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga
to`g’anoq
bo`lishi ham
mumkin
. “
Ko`cha bolalari
”, “
tarbiyasi
og’ir
bolalar
”,
voyaga yetmay turib
jinoyatga qo`l urgan o`smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy
muhitning qurbonlari hisoblaandi.
SHu o`rinda
ta’kidlash
joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida
maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin
ulardagi
ta’lim
-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga
bog’liq
ekanligini
, “
Qush uyasida ko`rganini qiladi
”
maqolining mohiyatini
hamma biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning
64
afzalligi shundaki, oiladagi barcha o`zrao munosabatlar tabiiy muhitda, inosniy
munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi. Qolaversa, o`rtacha
O`zbekistondagi oilalarda 3-4 nafardan farzand bo`lsa, ikki ota va ona uchun
ularga yetarli
e’tibor
berish uchun imkoniyat kengroq, maktab yoki
bog’chada
esa
guruhlardagi bolalar soni ko`p va
ta’lim
-tarbiya jarayoni maxsus dasturlar va aniq
rejim asosida amalga oshirilgani uchun bolalarning bir tekisda rivojlanishi va
kamol topishi uchun yetarli bo`lmaydi. Demak, oilaviy sotsializatsiyaning
samaradorligi oila bilan boshqa tarbiya maskanlari o`rtasida o`rnatilgan
hamkorlkidagi
uyg’unlikka
bevosita
bog’liq
.
|