Ikkinchi bosqich –
shakllanib bo`lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi
davrlarini o`z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli
jamiyat
a’zosi
sifatida, so`ngra naqaqa yoshiga yetgan inson siftaida o`z o`rniga
ega bo`ladi.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko`proq yuqorida
ta’kidlaganimizdek
, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning
tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga
bog’liq
bo`lsa, uning keyingi
bosqichlarida
ta’lim
muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi.
SHunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo`ladi.
Ko`plab olimlar va oila masalalari bo`yicha mutaxassislarni xavotirga solgan
jihat shuki, zamonaviy oila o`zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini
yaxshi va to`liq ado etmayapti.
A.Antonov ning ta
’kidlashicha
, zamonaviy oila
oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o`zining bola
tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti.
18
Bundan
tashqari,
G’arb
mamlakatlarida o`tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda onalik
ustanovkalarining yo`qligi, bola tarbiyalash xohishining yo`qligi, qo`ydi-
chiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYo bo`limlarini nikohni qayd
etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o`zaro
yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy
ta’sir
ko`rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila
instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo`lib, voyaga yetsalar,
ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi
salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o`z davriga
18
Социология семьи / Под ред.
А.И. Антонова .
–
М.: 2005. –
С. 235.
62
munosib,
sog’lom
fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning muo`im
omili bu rasmiy nikohda bo`lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda
yashashlaridir.