-bob. Oilaviy sotsializatsiya




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

3-bob. Oilaviy sotsializatsiya 
3.1. Oila va tashqi ijtimoiy muhit 
jtimoiylashuv
yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va 
sotsiologik kategoriya bo`lib, bu shaxsning uni o`rab turgan tashqi ijtimoiy 
muhit 
ta’sirlariga
berilishi, uning norma va qoidalarini o`zlashtirishga moyilligi, 
o`zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy 
ma’nosida
insonning 
tug’ilib
, o`zini bevosita o`rab turgan tashqi muhit 
ta’sirida
ulg’
ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila 
muhiti har bir shaxs uchun ana shunday 
birlamchi

dastlabki
ijtimoiylashuv 
o`chog’i
, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham 
mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari 
kiradi. CHunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o`sha 
yerning normalari, qadriyatlari va talablari 
ta’sirida
dunyoqarashi shakllanadi, 
shaxs bo`lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, 
undan mahrum bo`lish yoki xulqning tashqi salbiy 
ta’sirotlar
natijasida deviant 
shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, 
resotsializatsiya
deb 
nomlangan jarayon nazarda tutiladi. 
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning 
ta’sirida
birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, 
o`ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har 
tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo`lib yetishish 
imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Ya’ni
, oila va uning 
sog’lom
ma’naviy
muhiti bolani 
jamiyatda yashashga, o`ziga o`xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda 
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo`lish, muomalada ahloq-odob normalariga 
bo`ysunishga o`rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. 
Rus sotsiolog olimi 
A.Antonov
ning 
ta’kidlashicha
, oila ijtimoiy-psixologik 
yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot 
ta’sirlarini
ko`rsatadiki, 
oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini 



59 
egallaydi.
16
Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo`lsa, uning normativ 
ta’siri
ham shunchalik samarali bo`ladi. Bunday oilada o`zining qadriyatlaridan 
tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, 
bola boshidan jamiyatda yashashga o`rgatilgan bo`ladi. Uning ahamiyati shundaki, 
farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki 
litseyda o`qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni 
mas’uliyat
bilan vijdonan bajdaradigan bo`lib, bolalar jamiyatida hamisha o`zining 
o`rniga ega bo`la oladi. Bunday farzanjdga turli 
bid’atlar
, bemaza chaqiriqlar, 
da’vatlar
ta’sir
etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo`lib yetishadi. CHunki, 
oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo`lsa, 
jamiyat ham mustahkam bo`lishini o`zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun 
ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh 
muqaddas rishta sifatida 
e’zozlanadi
.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita 
ta’sir
ko`rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida 
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, 
ta’lim
muassasalari 
va u yerlardagi 
ta’lim
va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor 
munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini 
belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining 
o`zi ham ayrim holatlarda salbiy 
ma’nodagi
ijtimoiylashuvga aloqador bo`lib 
qolishi mumkin. Olimlar o`tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday 
omillarning to`rt guruhini ajratganlar: 
ota-onalar o`rtasida murosaning yo`qligi, oilaviy o`zaro munosabatlarni 
mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud 
emasligi; 
ota-onalarning ruhiy 
nosog’lomligi
 va qonunbuzarligi; 
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to`laqonli o`sishi, dars 
tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi; 
maktab sharoitining talab darajasida emasligi; 
16
Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.

М.: ИНФРА
-
М, 2005 –
С. 220


60 
mahalla xududida oila obro`sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila 
maqomiga egalik; 
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet 
tarmog’i
 orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli 
ma’lumot

ig’vo
, uydirma, 
mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi 
yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy 
ta’sir
ko`rsatayotgan ijtimoiy omillar 
jumlasidandir. 
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola 
sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o`rni 
nechog’li
sezilarli ekanligini 
isbotlamoqda. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish