52
shakllantirish, shu orqali jinslararo muloqotga va oilaviy hayotga tayyorlash
davrimizning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Davr talabidan kelib chiqayotgan bu vazifa o`zbek psixologlari oldiga qator
muammolarni qo`yish bilan birgalikda ulardan gender muammolari, jinsiy
tafovutlar masalasiga ilmiy jihatdan yondashishni taqozo etadi. SHuni alohida
ta’kidlash
joizki,
o`g’il
va qizlarning ijtimoiy tasavvurlarida jinsiy tafovutlarga oid
tushuncha, bilim va ko`nikmalar, stereotiplar eng avvalo oilada shakllanadi.
SHuning uchun ham oila psixologiyasi doirasida aynan jinsiy tafovutlar va gender
muammolari o`rganilishi va amaliyotda qanday ekanligi tadqiq etilishi kerak.