– Eksperiment . Ushbu usul yordamida bir omil
ta’sirining
boshqa bir omil
yoki holatning kelib chiqishiga turtki bo`lishini aniqlash mumkin. Odatda oilaviy
munosabatlar dinamikasini o`rganishda, u yoki bu hodisalar yoki omillar
o`rtasidagi
bog’liqlikni
aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi. Bunda bir
necha xonadon eksperimental,
ya’ni
sinov o`tkazilayotgan guruh hisoblansa,
boshqalari nazorat guruhi sifatida saqlanadi, eksperimentdan so`ng, olingan
natijalar ikkala guruh misolida qiyoslanadi. CHunki bunday taqqoslash
o`tkazilmasa, eksperiment o`tkazilgan guruhdagi o`zgarishlarning
salmog’ini
qayd
etish mushkul bo`ladi. Respublika
“
Oila
”
ilmiy-amaliy markazi olimlari 2006 yilda
mamlakatimizning ayrim xududlarida tanlab olingan guruhlarda o`ziga xos
eksperiment o`tkazishgan: mahallada
“
Oila universitetlari
”
yoki
“
Ota-onalar
universitetlari
”
tashkil etib, eksperiment oldidan universitet tinglovchilarining
qator masalalarda oilaviy ustanovkalarini qayd etganlar, so`ngra aniq dastur
asosida 6 oy mobaynida
mashg’ulotlar
, davra suhbatlari,
ma’rifiy
tadbirlardan
so`ng yana o`sha so`rovnoma orqali ular fikrlari o`rganilib, natijalari monitoring
qilinganda,
targ’ibot
-tashviqot ishlarining samaradorligi qayd etilgan. Bu ham
o`ziga xos eksperiment bo`lib, muayyan maqsad va natijani ko`zlaydi.
– Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik
izlanishlar davomida qo`lga kiritilgan
ma’lumotlarning
qay darajada ilmiy jihatdan
asoslanganligini isbotldash maqsadida qo`llaniladi. Ayniqsa, bir hodisa yoki
holatning bioshqa bir holat yoki hodisaning oqibati, sababi ekanligini isbot etish
uchun statistik metodlarni qo`llash barcha tadqiqotlarning talablaridan biridir.
Masalan, oila
a’zolarining
biror qadriyatlarga nisbatan munosabatlarida yaqinlik,
o`xshashlik borligini isbotlash uchun korelyatsion metodlardan foydalaniladi.
Masalan,
Spirmen ning yoki
Kendall ning korrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblash
usullari bunday sharoitlarda juda qo`l keladi. Yoki olingan empirik raqamlarning
ishonchliligi va matematik jihatdan
to`g’riligini
isbotlash maqsadida tadqiqotchilar
St ь yudent ning t
–
mezonini qo`llaydilar. Bunday yondashuv olimning mehnati
47
asoslangan,
ma’lumotlari
ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.