Distant oila yoki
“
akkordeon
”
tipidagi oilada
a’zolardan
kimdir, bu ko`p
hollarda ota
–
u yoki bu sababga ko`ra oila
a’zolari
bilan kam ko`rishadi (uzoq
muddatli safardagi dengizchi, harbiy xizmatchi, geolog, neft qazuvchi kabi). Ota
bunday holatlarda o`zaro muomala jarayonlarida yo jismonan mavjud shaxs
sifatida yoki ramziy tarzdagi ota sifatida ishtirok etadi. Oilada er-xotinlik aloqalari
ham, ota va bola munosabatlari ham bolalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ham
aziyat chekib turadi. Gohida oilada go`yoki yashirin qolipda ajrim turganday
bo`ladi. Lekin ayni shu holat ko`pincha distant oilaning ajrim bo`lgan oiladan afzal
ekanligini ko`rsatadi.
Beqaror oila tarkiban ham, turar-joy, yashash joyi masalasida ham
o`zgaruvchan bo`ladi. Masalan, ayrim ayollar birinchi nikohidan ajralganidan
so`ng tez-tez erkaklarni almashtiradi, toki ko`ngliga
ma’qul
bo`lgan insonni
topmagunicha turlicha munosabatlar tizimida bo`ladi. Bu farzandlar tomonidan
yaxshi qabul qilinmaydi, ona bilan bolalar munosabatlari hamisha taran turadi.
SHunga o`xshash holatlar tez-tez turar joyini almashtirishga moyil oilaga ham
xosdir. Munosabatlar tarangligi nafaqat shu oilaning ichida, balki yangi turar joyga
kelib yangi tengdosh o`rtoqlar va sinfdoshlar orttiradigan bolalarga ham salbiy
ta’sir
ko`rsatishi tabiiydir
Noto`liq oila
–
ba’zan
turmush
o`rtog’idan
birining o`limi tufayli judolikka
mahkum etiganlar oilasida ham o`ziga xos munosabatlar shakllangan bo`lib, ularda
go`yoki
“
arvoh
”
oilaviy jarayonlarning barchasida ishtirok etayotganga o`xshaydi.
Ayniqsa, sharq xalqlarida marhumning ruhini hurmat qilib, barcha oilaviy tadbir va
marosimlarda ularning ruhlarini shod etuvchi duolar o`qiladi, ular yaxshi gaplar
bilan eslanadi, duolar mavjud bo`ladi. Bu farzandlar tarbiyasida ham ijobiy, ham
39
salbiy rol o`ynaydi.
SHunday qilib,
Minuxin
chizmasida oilaviy o`zaro aloqalar turlicha
munosabatlar tizimi shaklida tasavvur etiladi.
Amerikalik tadqiqotchi
Myurrey Bouen
(1913-1990)
–
AQSHda XX asrning
boshlarida boshlangan oilani himoya qilish harakatining asoschilaridan bo`lgan,
ushbu harakatdan ko`zlangan maqsad
–
oilani alohida tadqiqotlar
ob’ektiga
aylantirish, shu orqali uning inson salomatligidagi benazir rolidan foydalanish,
hattoki, ruhan bemor bo`lganlarni davolashda oilaning imkoniyatlaridan
foydalanish
g’
oyasini
targ’ib
etishdan iboratdir. Bouen fikricha, inson o`z umrini
o`tkazadigan ijtimoiy guruhlardan eng muhimi
–
bu oiladir. SHu bois ham har bir
shaxsni o`rganish uning oilasini o`rganishdan
boshlanmog’i
lozim. Ammo,
ta’kidlaydi
, muallif, inson qanchalik biologik tuzilmali, hissiyotlarga boy
emotsional tizimga ega bo`lmasin, u sekin-asta o`z oilasi
qobig’idan
ajralib,
shaxsiy xususiyatlarda boshqalardan o`zgacha, ajralib, differentsiallashib boravedi.
Ana shunday tafovutlanish,
ya’ni
, hayoti mobaynida o`ziga xos xislatlar egasi
bo`lish, ota-onasi va yaqinlaridan farqlanuvchi sifatlarga ega bo`lib borish darajasi
har bir insonda turlicha sodir bo`ladi. Har bir shaxsning hayotdagi insoniy
burchlaridan biri ham ayni shu
“
alohidalikka, boshqachalikka
”
intilish va o`zgalar
bilan hamjihatlikda yashash ko`nikmalarini orttirib borishdir. Bouen turli
odamlarda testlar o`tkazib, ana shu farqlilikning shkalasini yaratdi. Unga ko`ra,
shkalaning pastida joylashganlar (0 dan 25 ballgacha olganlar) odatda xavotirli
hayot kechiradi va ko`pincha o`zgalarga tobe bo`lmaslikka intiladi, turli
vaziyatlardan chiqib ketish yo`llarini yaxshi bilmaydi, nisbatan sokin va
turg’un
turmush tarzini boshdan kechiradi, biror xavf yoki mushkulotni sezib qolsa,
yolg’izlikni
, hech kimga ko`rinmaslikni afzal ko`radi. Bunday mijozlar bilan
ishlash texnikasi shunga
bog’liqki
, ularni eng avvalo turli vaziyatlarda turlicha
harakat qilish modellariga, ongi va aqli bilan bo`lib o`tgan voqea va hodisalarni
tahlil qilishga o`rgatishdan iboratdir.
Uning aksi bo`lgan, farqlar shkalasida yuqori ballarga ega bo`lganlar hamisha
ko`pchilik ichida yuradi, ular bilan hamkorlik darajasi yuqori bo`lib, har qanday
40
mushkul vaziyatlarda ham o`zini qo`lga olib, muammoni yechishning yo`llarini
muvaffaqiyat bilan topadi. Uning munosabatlardagi egiluvchanligi shu qadar
samaraliki, u kerak bo`lsa, odamlar bilan til topishish uchun o`z individualligidan
ham voz kechib, odamlarga kirishib keta oladi, turli stress holatlarda iroda kuchini
ishga solib, vaziyatni yengib chiqa oladi.
Bouen oiladagi o`zaro munosabatlar tizimini tasavvur qilish uchun fanga
|