37
oilada er-xotinning bir-biriga adaptatsiyasi, moslashuvi ro`y berishi mumkin.
Yangicha
“
qovishuv
”,
bir-birini identifikatsiya qilish, o`xshashliklar jarayoni
adaptatsiyaning muhim natijasi o`laroq, bunday bir-biriga yaqinlashish,
“
o`xshashlik va
uyg’unlikning”
paydo bo`lishi yillar davomida sayqal topib boradi.
Lazarev
va
Rage
degan olimlarning qayd etishlaricha, odam boshidan kechirishi
mumkin bo`lgan stressor
g’amlardan
eng kuchlisi turmush
o`rtog’idan
judo bo`lish
hisoblanadi, chunki ular yillar mobaynida bir-birlariga juda ko`nikib, kirishib
ketgan bo`ladi. Ayni shu tuzilmadagi har qanday evrilishlar, nizolar va
qiyinchiliklar yaxlit oilaning barcha
a’zolariga
birday
ta’sir
etadi.
Ota-onalar tuzilmasi
har doim ham er-xotinlikni nazarda tutmaydi, zero, uni
yolg’iz
momo, xola yoki
to`ng’i
ch farzand ham tashkil etishi mumkin. SHuning
uchun terapevtik muolajalarda yoki maslahatlarda ota-onalar tuzilmasini aynan
kim tashkil etishini bilish ahamiyatlidir. Ota-onalar eng avvalo oilaning xavfsizligi,
unda samimiyat muhitining bo`lishi, tarbiya jarayonlarining qanday kechishiga
javobgardir. Ular shu oiladagi barcha farzandlarning kelajagini, kerak bo`lsa, juda
yaxshi kamol topishi uchun o`z bilim va tajribasini safarbar etadigan insonlardir.