34
munosabatlar jarayonida ko`zga tashlanadigan muloqotning 5
xil uslubini
ajratadiki, ulardan to`rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba
va bilimga ega bo`lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to`rttasi odatda
muomala jarayonida biror muammo yoki to`siqni yengishga, o`zini ataylab yaxshi
ko`rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga,
tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan,
Xushomadgo`ylik
uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha oila
a’zolarining
xatti-harakatlaridan
andoza olish, o`zini yerga urib bo`lsa-da,
o`zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o`zini hamisha yerga urishni nazarda
tutadi.
Ayblovchi
uslub doimo kimnidir nimagadir o`rgataverish, tanqid va nazorat
qilish, faqat o`zidan kuchli odam oldidagina biroz o`zini tortish bilan
bog’liq
kommunikativ harakatlarni o`z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar
go`yoki bir birini to`ldiradi.
Hisob-kitobli muomala
uslubi shundayki, unga ko`ra odam hamisha va har
qanday
vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday
odam adashmay, doimo
“to`g’ri
, benuqson
”
bo`lishga intiladi, shuning uchun
bunday insonning harakatlari doimo
sun’i
yday, his-
tuyg’ulari
esa mazmunsiz,
doimo tazyiq ostiga olinganday bo`ladi.
CHetlashtirilgan muomala
uslubi o`zini nima qilib bo`lsa-da o`zgalardan
uzoqda, muayyan masofada tutishga qaratilgan, odamoviday boshqalarning
nazaridan ham,
ularning
ta’siridan
ham o`zini tortadi (masalan, bizda odatda
yangi kelinchak o`zini ana shunday tutadi).
Etuk, adaptiv muomala
uslubida esa inson hamisha o`z oiladoshlari bilan
to`g’ri
, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo`ladi. Bunday odam o`zining
barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs
ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U
gapirishni ham maromida eplaydi, o`zgalarni
tinglashni ham biladi, shu
sababli, unga qandaydir kommunikativ to`siqlar xatarli emas.
Psixoterapevtik amaliyotda
Satir
ham
Karl Rojers
kabi barcha muomala
35
uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga
alohida
e’tibor
qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila
a’zosini
o`z
tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o`rgatishdir. Masalan,
oilaning muayyan tartib qoidalariga
quyidagilar kirishi mumkin
: “
Yakshanba
kunlari hamma to`planib, birga tushlik qilishadi
”, “
Otamiz uxlagan paytda unga
hech kim xalaqit bermaydi
”, “
Maktab xarajatlari uchun bolalarga muayyan
miqdorda pul beriladi
”
va hokazo.
Ochiq
tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo`lishida katta rol o`ynaydi.
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko`tarilmasligi yoki
ma’lum
tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko`rinadi. Masalan,
otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi,
bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo`lib qolgani,
kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli
ichimliklarga ruju qo`yganligi kabilar odatda oila
a’zolari
to`plangan paytda ochiq
muhokama qilinmaydi. CHunki rasman taomil bo`yicha bunday holatlarga bevosita
bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo`lmaydi, shuning
uchun ularda shu kabi
salbiy tajriba paydo bo`lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama
qilinmaydi.