F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

3-bosqich.
Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar 

maktabgacha 
ta’lim
muassasalari, ayniqsa, uzluksiz 
ta’limning
boshlang’ich
o`chog’i
hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir 
bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o`tadi. CHunki u endi 
nafaqat o`zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko`chadagi turli toifali 
insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning 
qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday ahloqiy va 
ma’naviy
o`gitlarni 
olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng 
muhimi 

maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi 
tekshiruvdan o`tadi. 
Ya’ni
, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham 
jamoatchilik oldida o`ziga xos sinov va tekshiruvdan o`tayotganday his qiladilar 
o`zlarini. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va 
yillarida bilingani sababli, ko`pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni 
boshidan kechiradilar. 
4-bosqich.
Bola o`smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan 
mustaqillikni, hadeb 
ta’qib
qilavermaslikni 
da’vo
qila boshlaydi. Ota-onaning 
farzand oldidagi obro`si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota 


28 
ham, ona ham o`zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o`zgartirishga majbur 
bo`ladi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf-odatlar
musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bo`lishga intilishlar paydo 
bo`ladi. Bu davr ota-onaning bolasida paydo bo`layotgan o`zgarishlarga, yoshga 
oid yangiliklarga qanchalik fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib 
berishlarini sinovdan o`tkazadi. Sinovdan yaxshi o`tgan ota-onaning bolasi keyingi 
bosqichga eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o`tib oladi, aks holda 
o`smirlik davrining o`ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona 

bola munosabatlari 
jiddiy yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish