Reproduktiv
funktsiya
–
bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga
aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo`lishdek baxtga muyassar bo`lish,
davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat
qiladi. Ayniqsa, o`zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq
, “
uvali-juvali
bo`linglar, qo`sha qaringlar
”
deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo`lishi
intiqlik bilan kutiladi. CHunki aynan shu omil yosh oilaning mustahkamligida
katta ahamiyatga molik bo`ladi
. “
Farzandli oila
”
tushunchasi oila psixologiyasida
ham, oila sotsiologiyasida ham muhim bo`lib, u oilada turmush tarzining deyarli
barcha jabhalaridagi ko`rsatkichlarning mezonidir. CHunonchi, o`zbeklarda
“
Bolali uy
–
bozor, bolasiz uy
–
mozor
”
degan naklning
ma’nosi
ham farzand
tug’ilgan
uyga farishtalar
yog’iladi
, yaxshilik va xursandchiliklar, to`ylar uchun
yo`l ochiladi, demakdir.
Oila sotsiologiyasi va demografiyasida oiladagi farzandlar soniga ko`ra
guruhlarga bo`linadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan
“
kam sonli
oila
” –
bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan
baholansa, aholining o`sishi va tabiiy yo`qotishlarning urnini qoplash uchun
24
kamdir. Sotsiolog
A.Antonov
ning fikricha (2005), jamiyatda aholi balansini saqlash
uchun o`rtacha farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo`lmasligi lozim. Yoki jami
oilalarning to`rtdan biri ikkita, uchdan biri uchta, 14 %
–
befarzand yoki
yolg’iz
, 7
%i ko`p bolali,
ya’ni
beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bo`lsa, avlodlar
vorisligi
ta’minlanadi
. Lekin Rossiya misolida bu masalaga
e’tibor
beriladigan
bo`lsa, aholining reproduktiv o`sishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda. U yerda
jami oilalar nisbatida kam bolalilar,
ya’ni
, 1ta yoki 2ta bolaga ega bo`lgan oilalar
soni keskin oshib, bugun ularning ulushi 95 %ni tashkil etmoqda. Xalqaro
YuNISEF tashkilotining 2004 yili
e’lon
qilgan monitoringi natijalariga ko`ra,
Yevropa mamlakatlarida ham Markaziy Osiyo davlatlarida ham
tug’ilishning
kamayishi holatlari kuzatilmoqda (1.1-jadval).
|