22
Oilaning
hissiy-emotsional
funktsiyasi
–
bu uning o`z
a’zolari
o`rtasida
muayyan
iliq munosabatlarni saqlash, ular o`rtasida mehr-oqibat, o`zaro
g’amxo`rlik
, bir-birini qo`llab-quvvatlash, sevish,
sevilish kabi qobiliyatini
namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo`lib, insonning ruhiy salomatligi
aynan shu vazifani
qanday bajarayotganligiga
bog’liqdir
. Oilaning
ma’naviy
-
psixologik
muhiti
sog’lom
deganda, aslida ana shu
a’zolar
o`rtasidagi iliqlik,
samimiyat, o`zaro
bag’rikenglikning
mavjudligi,
mehr-oqibat kabi insoniy
hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.
Jismoniy quvvatni
ta’minlash
funktsiyasi
–
oila
a’zolarining
jismonan
sog’
,
tetik va o`zini yaxshi his qilishlarini
ta’minlashga
bog’liq
bo`lgan
sharoitlarni
nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz,
bundan
tashqari, mana shu o`z hududimizda,
ya’ni
,
xonadonimizda dam olish, yaxshi
sifatli, to`yimli taomlardan bahramand bo`lish, ijod qilish va o`qishimiz
uchun
zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo`lishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi
ta’minlanmagan
bo`lsa, bunday oila o`zini baxtli deb
hisoblay olmaydi va qator
noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat
ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bo`lganliklarini tasdiqlovchi psixologik
tadqiqotlar mavjud.