21
o`choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o`zgarishlar tez-tez ro`y bergani
sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-
avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo`lolmaydi. SHuning uchun davlat oilaning
mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda
yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va
yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o`zi, balki ota-ona va
farzandlar o`rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O`zbekistonda
yosh oilalarga ko`rsatilayotgan muruvvatlar, bola
tug’ilishi
va katta bo`lishi uchun
suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza
qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o`z burchini bajarmagan taqdirda
moddiy,
ma’naviy
, hatto, jinoiy sanktsiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob
maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi
avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan
bo`lsa, odamlar o`rtasida ro`y beradigan ko`plab munosabatlar orasida faqat
oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan,
sevgi-muhabbat, do`st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat
munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.
Demak, oilaning jamiyat oldidagi
vazifa
lari deganda, uning avvalo oila
a’zolarining
muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va
jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan,
ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u
nafaqat o`zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga
yo`naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila
a’zolarini
, birinchi navbatda
farzandlari, uy bekasi bo`lsa, turmush
o`rtog’inin
g ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki
bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko`rsatkichlarning yuqori
bo`lishiga, shu orqali o`z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo`shadi.