• Kvaziavtonom detotsentrik oila
  • Er-xotin oilasi
  • Monogam bo`lmagan oila
  • F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/96
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,81 Mb.
    #242197
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
    Bog'liq
    оила психологияси китоб

    Ambivalent detotsentrik
    oiladagi bola ko`proq ota-onaning hissiy-emotsional 
    g’amxo`rligi
    ta’sirida
    bo`ladi. Masalan, bu agar qiz bo`lsa, u faqat otasi yoki onasi, 
    yoki ikkisining doimiy erkalashlari 
    og’ushida
    katta bo`lib, oxir-oqibat shunday 
    holatga ko`nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo`lsa kerak, degan fikr 
    ba’z
    an o`zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko`nikishiga jiddiy 
    xalaqit beradi. 
    Kvaziavtonom detotsentrik
     
    oila
    da bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli 
    tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, 
    o`z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo`ladi. Buning albatta, ham 


    17 
    ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. 
    Er-xotin oilasi
     
    XX asrning 60-chi yillarida paydo bo`lib, u ham ayollar, ham 
    bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi 
    o`zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o`rtasidagi muomalaga, uning 
    qanchalik samimiy, iliqligiga 
    bog’liq
    bo`ladi. Ayolga o`z xohish-irodasini mumkin 
    qadar namoyon etish, unga 
    ma’lum
    ma’noda
    mustaqil erishish imkoniyati 
    yaratiladi. U ko`p holatlarda turmush 
    o`rtog’iga
    suyukli, erka va zarur yor rolini 
    o`ynaydi. 
    Golod
    er-xotinning bir-birlariga yaqin bo`lishlarining 4 xil jihatini 
    farqlaydi: simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan 
    bog’liqlik

    Monogam bo`lmagan oila
    toifasi chin 
    ma’noda
    nikoh munosabatlariga 
    tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko`rinishi mavjud:
    Ajrimlar tufayli paydo bo`lgan noto`liq oila

    XX asrning oxirlarida 
    ko`payib ketgan noto`liq oila turi. 
    Golod
    ning 
    ma’lumotlariga
    ko`ra, Rossiyadagi 
    oilalar ajrimi shu qadar ko`paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi 
    to`g’ri
    keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola 
    tarbiyasidan sovuqqonlik bilan chetlashishidir, chunki ko`pgina otalar 
    ajralishgandan so`ng 
    ma’lum
    muddat o`tgach, farzandlari bilan umuman yuz 
    ko`rmas bo`lib ketishadi. Afsuski, O`zbekistonda oila va nikoh 
    nechog’li
    qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham qayd etiladi. Statistik 
    ma’lumotlarga
    ko`ra, 
    oxirgi yillarda yiliga o`rtacha 14,5 mingdan 15 mingacha oila ajrimlari qayd 
    etiladi, ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali 
    rasmiylashtiriladiganidan ko`proqdir. Ajrim bo`lgan oialalrning 70 foizi yosh 
    oilalar bo`lib, ularda o`rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo`lib qoladi. Bu kabi 
    noto`liq oilalarda o`ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo`ldaiki, 
    shu bois ham davlatimizning oila siyosatining mazmuni noto`liq oilalar sonini 
    kamaytirishga qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning 
    ma’naviy
    -ahloqiy tomonlari bizni ko`proq tashvishga soladi. 

    Download 1,81 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish