• Aralash oilalar
  • Godvin – nikohlar
  • F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/96
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,81 Mb.
    #242197
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
    Bog'liq
    оила психологияси китоб

    Al
    ь
    ternativ oila turlari

    kam uchraydigan oila turlari bo`lib, ular ayrim 
    jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o`z navbatida toifalarga bo`linadi. 
    Masalan, ulardan biri 

    fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o`z 
    ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. 
    Ba’zan
    bunday qarorga 
    ular kutilmagan homiladorlik paydo bo`lganda ham kelishlari mumkin. Bunday 
    nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham 
    to`g’ri
    kelmaydi. 
    Alternativ nkiohlar ko`proq 
    g’arb
    mamlakatlariga xosdir. Lekin 
    Golod
    ning 
    ta’kidlashicha
    , hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida 
    tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz 
    targ’ib
    etishimiz azaliy 


    19 
    qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning 
    bo`lmasligiga xizmat qiladi. 
    Al
    ь
    ternativ nikohning yana bir ko`rinishi 
    qayta nikohlar
    dir. Odatda bunday 
    nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta 
    nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar 
    odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o`rtasida qayd etilishi mumkin. 
    Bunday oila turi ham ajrimlar ko`payishiga mos tarzda ortib bormoqda. 
    Aralash oilalar
    yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu 

    yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo`ladigan, otalikka olish, o`gay ota yoki 
    ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli 
    shunday oila ham bor, ular nisbatan ko`p bo`lmasa-da, O`zbekistonda ham mavjud. 
    Godvin 

     nikohlar,
    uning asoschisi bo`lgan ingliz sotsial-monarxi 
    U.Godvin
    (1756-1836) nomi bilan 
    bog’liq
    . U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki 
    bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko`ra paydo bo`ladi, 
    yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik 
    ko`zda tutilmaganligi sababli, o`zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga 
    mo`ljallangan bo`ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat 
    ma’naviy
    jihatdan 
    majburiyatlarga ega xolos. 
    To`g’ri
    , bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik 
    yo`li bilan quriladigan oilaga o`hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga 
    yashash talab etiladi. SHuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo`lsalar-
    da, nikoh o`qilayotganda ularning rizochiliklari so`raladi, javob ijobiy bo`lgach, 
    ular chimildiqqa kiritiladi. 
    Godvin
    tipidagi nikohlar ko`pincha O`zbekistonda 
    keksalar o`rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda 
    bo`lgan otaxon o`zaro kelishuv natijasida o`zga bir beva ayolga uylanadi, ular 
    o`rtasidagi munosabatlar o`zaro samimiyat, hurmat, qo`llab-quvvatlov, keksalikni 
    bezashga yo`naltirilgan. Lekin bu oila o`zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy 
    oilaga xos funktsiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini 
    arkonlariga ham mos bo`lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini 
    cho`zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir. 

    Download 1,81 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




    Download 1,81 Mb.
    Pdf ko'rish