16
qilishga sarflanadi.
Bolalar bilan
bog’liq
ehtiyojlarning o`sib borishi oqibatida
mamlakatda ham bolalar
ta’minoti
, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o`yinchoqlar,
bolalarning madaniy-
ma’rifiy
maskanlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan sanoat
korxonalari ko`payadi, rivojlanadi. Bolalar
va yoshlarning turli
ma’rifiy
o`choqlarining kengayishi, yangi texnika va texnologiyalarning asosan bolalar
manfaatiga bevosita
bog’lanishi
,
yoshlarning kasb
ta’limini
takomillashtirish
ishlari, ular o`qishi va bilim olishi muddatlarining uzaytirilishi ularning mehnat
sohasiga kechroq kirib borishiga olib keladi.
Ya’ni
, ilgarigiga nisbatan bolalar
kechroq mustaqil hayotga kirishadi. Buning oqibatida nikoh yoshi ham tobora
kattalashib boradi.
Kattalar tomonidan bolaga
e’tiborning
, shu bilan bir qatorda
tashvishlarning ortishi, o`z navbatida bolalarning
tug’ilish
soni kamayishiga olib
keladi. Bolalar erka bo`lib,
ular erkinligi ortib boradi, ota-onaning butun diqqat-
e’tibori
ularga qaratiladi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki,
ba’zan
ona
faqat bolani o`ylash, unga
e’tibor
qilishni afzal bilganidan,
eridan ham voz
kechishi holatlari ham kuzatiladi.
Bola manfaatiga yo`nalgan oilaning ham turli ko`rinishlari bo`lib, ulardan biri
avtoritar tip
dir. Bunda bola soni bittami yoki ikkitami ota-onaning cheksiz
g’amxo`rligi
, ular obro`si bilan parallel tashkil etiladi. Masalan, ko`pgina
amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga
yetadigan, shuning uchun bola ham xuddi otasi yoki onasiday bo`lib yetishish
motivatsiyasi kuchli bo`ladi.