26
hukumatimizning qo`llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va
o`rta
biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli
kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila byudjetiga
qo`shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham
tadbirkorlik xislatlari o`sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O`tkazilgan
tadqiqotlarning natijalariga ko`ra, onasi tadbirkor bo`lgan qizlarda ilk
yoshlikdanoq boshqaruv
va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko`nikmalari shakllanib
borar ekan (
V.M.Karimova
, 2003).
Yuqorida
ta’kidlangan
vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga
ko`ra o`zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo`lib qolishi mumkin.
Lekin
har bir oila
a’zosining
shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi
–
ularning inson sifatida o`zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo`lishi,
farzandlarining komil bo`lib yetishishlarini
ta’minlaydi
.