27
ijtimoiy
mas’uliyatni
o`ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir.
Ko`plab xalqlarda, ayniqsa, o`zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta
quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab
kelinmoqda. Masalan, bola
tug’ilishi
bilan
bog’liq
suyunchi marosimlari, aqiqa,
beshik soldi, sunnat va beshik to`ylari kabilar shular jumlasidandir. SHunga
qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, yevropa xalqlarida oilada farzandning
tug’ilishi
muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan
kechiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy
tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham
ba’zan
oilaviy munosabatlardagi
tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday
mas’uliyatlar
ayrim
hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga,
ba’zan
ajrimlarga, bizning
sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab
bo`ladi.