5-bosqich.
Bolalar katta bo`lib,
balog’at
yoshiga yetadilar, o`qishlarni
tugatib, mustaqil kasb-hunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar
mustaqil oilaviy hayot qurishga ham ulguradilar. SHu davrga kelib
, “
Bola
–
ota-
ona
”
munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat yevropa xalqlariga mos,
balog’at
yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar o`zlaricha,
o`z bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ularning xato qilib
qo`yishlaridan xavotir olmay qo`yadi. Bizda, SHarq xalqlarida bu holat biroz
boshqacha: ota-ona farzandi kasb-hunarli bo`lib, mustaqil professional yo`ldan
ketayotgan bo`lsa ham, ularning kelajagi, oilasi, moliyaviy ahvoli borasida
xavotirga tushaveradi,
o`g’il
uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida ota-ona va
ularning ota-onalari
–
momolar va buvalar bosh-qosh bo`ladilar. Turmush
o`rtog’i
tanlash masalasi ham bizda juda kam holatlarda bo`yiga yetgan qiz yoki yigit
ixtiyoriga havola etiladi.
Ya’ni
, ko`chadan birdan notanish qizni
“
Tanishing, bu
mening
bo`lg’usi
qallig’im
, turmush
o`rtog’im”
deyishlar bizda deyarli
uchramaydi, chunki bunga bizning asriy urf-odatlarimiz, oilaviy tarbiya
mezonlarimiz yo`l qo`ymaydi.
Ayrim bo`linmagan oilalarda
o`g’il
uylangandan keyin ham, qiz farzandli
bo`lganda ham ota-onalar ularning
g’amini yeb
, hayotda qoqilmasliklari uchun
harakat qilaveradi. Hattoki, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday
odatlar borki, ona ko`zi yorigan qizining oziq-ovqati, yemishi uchun to`la o`zini
javobgar, deb hisoblaydi. CHunki bunga ikki sabab bor: birinchisi
–
yangi ko`zi
29
yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro`y beradiki, uni o`ziga keltirish
uchun aynan yillar mobaynida o`z oilasida yegan-ichganlari adaptatsiya
jarayonlarini tezlashtiradi; ikkinchidan
–
o`z onasining mehribonlik
ko`rsatayotganligi yosh onaning yaqinda boshidan kechirgan
–
iyinchiliklarini
unutish, o`zini chinakam ona sifatida onasiday his qilishini
ta’minlaydi
. Ushbu
psixologik holat o`ta muhim bo`lib, aynan o`zbeklarda bu oila mustahkamligining
omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi,
tug’ruqning
azoblarini unutishi uchun qo`lidan kelganini qiladi, lekin o`z tuqqan onasining
xabar olishi, yonida bo`lishi ko`plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga
tezroq kirib ketishiga, ko`krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol
ь
o`ynaydi.
SHuni ham
ta’kidlash
joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga
aralashuvi shu qadar bevosita xarakterli bo`ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar
o`rtasidagi nizolarga ham sabab bo`ladi, qaynona va kelin, qaynota va kuyov
o`rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning ko`pligidan kelib chiqadi.
Ya’ni
,
ota-onaning farzandi
balog’at
yoshiga yetib, mustaqil hayotga qadam qo`ygandagi
aralashuvlari,
g’amxo`r
liklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib kelishi
mumkin.
Farzandlarning mustaqil iqtisodiy maqomga ega bo`lishlari, o`z oilasiga ega
bo`lishi ota va onaga boshqa yana qo`shimcha rollarni bajarishni taqozo etadi
–
kelin, kuyov, qaynona, qaynota va boshqalar Bundan tashqari, yangi paydo bo`lgan
yosh oilaning qarindosh-
urug’lari
o`rtasidagi munosabatlar, masalan, quda-
andachilik munosabatlari ham yosh oila va uning ota-onalari maqomlarining
o`zgarishiga olib keladi. Masalan
, “
endi qudalikmiz
”, “
kuyovim bor
”, “
buvi yoki
buva bo`ldim
”
kabi
e’tiroflar
shaxs ongida va xulqida jiddiy o`zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Ayrim ayollar ayni shu daqiqalardan boshlab, tashqi ko`rinishidan tortib,
hayot tarzida ham jiddiy o`zgarishlarni boshlaydi, masalan, tez-tez ichadigan ota
bu salbiy
qilig’ini
tashlaydi, chunki kelindan uyaladi; namoz o`qimaydigan ona
quda-andalar oldida uyalaman deb, namoz o`qishga kirishadi, mahalla-kuyga
ko`proq aralashadigan bo`lib qoladi.
|