6-bosqich.
Keksalikning dastlabki belgilari
–
tanada keksalik alomatlari,
klimakterik holatlarning kelib chiqishi bosqichida inson qalbi qarimasada, ayrim
jismoniy kuvvatsizliklar paydo bo`ladi. Odam nafaqaga chiqadi, suygan kasbi,
mashg’ulotidan
uzoqlashadi, do`stlari davrasi torayadi va h-zo. Lekin keksalikni
tan olish va unga ruhan tayyor bo`lish, etnik madaniyat va uning qadriyatlariga
bog’liq
. Xalq
ma’naviyati
va madaniyati qanchalik yuqori bo`lsa, keksalikka
munosabat ham shunchalik yuqori bo`ladi. Masalan, bizning etnik-madaniy
muhitimizda keksalik va qariyalik hamisha
e’zozlanib
kelingan, masalan, Prezident
Islom
Karimov
tashabbusi bilan 2002 yil
“
Qariyalarni qadrlash yili
”
deb
e’lon
qilindi, barcha keksalar bizda qarilik gashtini surish uchun belgilangan tartibda
nafaqalar oladi, bayram, to`y-hashamlar va tadbirlarda keksalarni davralarning
to`riga o`tqazish, ularga izzat-ehtirom qilish xalqimizning odatiy
an’analaridandir
.
SHu bois bo`lsa kerak, o`zbekistonliklar keksalikni ham hayotning o`ziga xos davri
sifatida mamnuniyat bilan kutib oladigan xalqdir. Ruslardagi
“
Starost
ь
ne radost
ь”
iborasining tagida ham o`ziga xos
ma’no
borki, ayrim yevropa xalqlarida keksalar
nafaqaga chiqqanlaridan keyin o`zlarini hech kimga kerak emasday his eta
boshlaydigan, ular uchun umrning oxirgi davrlari keskin salbiy o`zgarishlarni
keltirib chiqaradi, farzandlari esa o`z hayot tashvishlari bilan
ba’zan
ota-onalarni
ham unutib qo`yadilar. Qariyalar uylarining paydo bo`lishi ham ko`p holatlarda
aynan shunday o`zaro munosabatlarning oqibatidir.
7-bosqich.
Oilaviy tsiklning tugashi odatda turmush o`rtoqlardan birining
o`limi bilan boshlanadi. Er-xotinlarning tirik qolgani beva bo`lib qolishi
munosabati bilan u ham yangicha rollar tizimiga kiradi. Musulmonchilikda chol
yoki kampir beva qolsa, uni ikkinchi nikohga
da’vat
qilish, taklif etish
an’ana
,
farzandlar uchun farz hisoblanadi. Ayniqsa, erkak kishi beva bo`lib qolganda,
farzandlarning biror kampirga yoki o`rta yoshli juvonga uylanishini taklif etishi
farz sanaladi. Bu Islom dini qadriyatlariga ham mos keladi.
Yuqorida sanab o`tilgan hayotiy tutimlar oila
a’zolari
har birining xulq-
atvorida, dunyoqarashi va odatlarida muayyan o`zgarishlarning kuzatilishiga,
yangicha rollar o`zlashtirilishiga olib keladi. Har bir yangi bosqich shaxs ongida
31
muayyan krizislar, ziddiyatlar bilan kechadiki, ularni yengish, qiyinchiliklardan
yaxshilik bilan o`tish insondagi yaxshi fazilatlarga, tarbiyalanganlik darajasiga,
sabr-qanoatiga
bog’liqdir
. Har bir bosqichda ota, ona va farzandlar, kuyov-kelinlar
bilan o`zgacha munosabatlar tizimi shakllanadi. Masalan, bo`linmagan katta oilada
oila
boshlig’i
–
otaning qazo qilishi
to`ng’ich
farzandlar yelkasiga katta
mas’uliyatni
yuklaydi. Uning oilaviy o`zaro munosabatlar tizimida o`rni keskin
ravishda o`zgaradi.
Agar turli hayot bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o`zgarishinini
inobatga olsak, oilaviy nizolar yoki ziddiyatlar shu muayyan
ma’noda
tabiiy bo`lib,
uni har bir normal oila boshdan kechiradi. SHu bois ham o`zbekchilikda
“ro`zg’or”, “
turmush
”
deyilib, momolarimiz
“g’or
tub qo`yibdi
”, “
mush deb
qo`yibdi
”,
deya oilaviy hayotning o`ziga xos murakkabliklari borgigiga ishora
qiladilar. Bunday zidddiyatlar oilaviy rollar ko`payganda, farzand
tug’ilganda
,
qudalar bilan munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro`y bergan bosqichlarda ayniqsa
sezilarli bo`ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli
asoratlarsiz, yengillik bilan o`tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari
ularni yengish malakasi va tajribasiga ega bo`lmay, boshqalarga sezdirib qo`yadi,
ba’zan
oilaning ichidagi gap-so`zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha
yetib boradi. Tashqaridan bo`lgan aralashuvlar
ba’zan
oilaning maromini tiklasa,
ba’zan
, aksincha, uning xalovatini buzadi, muammolar chalkashib ketadi. Bu
vertikal ziddiyatlar,
ya’ni
, oilaviy nizolarga tashqaridan ota-ona va boshqa
qarindoshlarning aralashuvi tarzida kechadi.
Ba’zan
, kattalarning orzu-havaslari
deb, yoshlar o`zlariga
ma’qul
bo`lmagan hayot tarzini boshdan kechirishga majbur
qilinadilar ham. Masalan, yosh oila alohida uyda mustaqil yashashni xohlaydi,
lekin qaynona ularni yonida, uning tazyiqi ostida yashashga majbur qiladi, yoki er-
xotin farzandlari bilan birga alohida yashashni istaydi, kattalar esa ularning
farzandlaridan birini shaharning boshqa bir chetida yoki boshqa shaharda
yashashini talab qiladi. Momolar tarbiya tarzidan norozi bo`lmagan kelin-kuyov va
ularning ota-onalari o`rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, ota-
onalardan biri nogiron yoki uzoq muddatli xastalikka chalingan paytlarda ham
32
yosh oiladagilarning ayrimlarida surunkali taranglik tufayli ichki va ochiq nizolar
paydo bo`lishi mumkin. Bu kabi mayda-chuyda muammolar har bir oilada bo`ladi,
bu tabiiy, ularni yengishga ruhan tayyorlik va oila
a’zolarining
bir-birlariga
muruvvatliliklari oilaning baxtli bo`lishini
ta’minlaydi
.
R.Kappenberg
degan olimning
ta’kidlashicha
,
ba’zan
oilaviy munosabatlarda
favqulotda paydo bo`ladigan hodisalar
ta’sirida
|