36
oilalarning dahlsizligiga ham zarar yetkazmaydi.
Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt
Sal
ь
vador Minuxin
ham o`ziga xos
kontseptsiyaning asoschisidir. (
Minuxin S., Fishman CH.,
1998). Uning fikricha,
oila
–
murakkab tuzilishga ega bo`lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir
qator tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila
doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har
qanday oila boshqa o`ziga o`xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni
o`rnatadiki, bu tashqi tizimlar
ba’zan
oilani qo`llab-quvvatlash vazifasini ham
bajaradi.
Oila
–
eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo`lib, unga yoshga oid qonuniyatlar
xosdir. CHunki oila
a’zolari
yillar o`tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi,
qariydi, shu bois ham oila doimiy o`zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi.
Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo`lib, uni eng avvalo
alohida individlar
tashkil etadi. Alohida individ o`z xohish-istaklari, ehtiyojlari,
motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila
a’zolari
esa oilaga kirishib, qo`shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq
qiladi. Oilaning ayrim
a’zolari
butun vujudi,
borlig’i
bilan oilaviy hayotga
uyg’unlashga
ketgan bo`lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar
hisobidan qo`shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo`lsa, yangi tushgan
kelinchak ikkinchi xil oila
a’zosini
tashkil etadi. Lekin barcha oila
a’zolari
uning
psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o`z hissasini qo`shadi,
faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni
o`ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli
ma’lumotlar, “
o`ziga xos havo
”
olib
kirish yo`li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi.