Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy-metodologik




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

2.3. Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy-metodologik 
asoslari 
qorida 
ta’kidlanganidek
, oila va nikoh masalalarini o`rganish bir 
tomondan oson, jo`nga o`xshasa, ikkinchi tomondan, o`ta murakkab va 
nozikdir. Bu holat oila psixologiyasi bo`yicha o`tkaziladigan tadqiqotlarning o`ziga 
xos metodologik jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Avvalo, bu o`rinda 
oila va 
nikoh
tushunchalarining o`ziga ilmiy 
ta’rif
berish lozim. Eski falsafiy 
lug’atlarda

Oila 

bu jamiyatning yacheykasi (kichik ijtimoiy guruh), er-xotinlik hamda ota-
onalik munosabatlarini tiklash orqali shaxsiy turmush tarzini tashkil etishning 
muayyan ko`rinishi, 
ya’ni
, bir yerda umumiy ho`jalik yuritadigan er va xotin, ota-
onalar va farzandlar, aka-ukalar va opa-singillar hamda boshqa qarindoshlarning 
birgalikda yashashini ifodalovchi muhim 
bo`g’in”
9
deb 
ta’rif
berilgan. Bu kabi 
ta’riflardan
oilaning 4 ta muhim tavsifi kelib chiqadi: 
Oila
 

 jamiyatning 
bo`g’ini
 (kichik ijtimoiy guruh); 
Oila
 

 shaxsiy yashash tarzini tashkil etish shakli; 
Oila
 

 er-xotinlarning birlashuvi; 
Oila
 

er-xotinlarning boshqa yaqin qarindosh: ota-onalari, aka-ukalari, 
opa-singillari, momolar va bobolar, farzandlar va ularning farzandlari bilan 
ko`pqirrali munosabatlar o`rnatish imkoniyati. 
Tadqiqotlarda eng muhim metodologik tamoyil shundan iborat bo`ladiki, 
oilani o`rganayotgan shaxs uni oddiy oila 
a’zolari
yig’indisi
sifatida emas, balki 
barcha oila 
a’zolari
o`rtasida murakkab va serqirra munosabatlar tizimi 
mavjudligini, ular har bir 
a’zoning
berajak javoblarida aks etishini unutmaslik 
kerak. 
Ya’ni
, oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik 
ta’siri
komida 
bo`ladi. Unga kichik ijtimoiy guruh sifatida qarash esa, kichik guruhga xos bo`lgan 
deyarli barcha ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligi va ular har bir oila 
a’zosining
maqomini belgilashini inobatga olishni taqozo etadi. Aslida umuman 
9
Философский словарь / Под ред. И.Т. Фролова.
-
М., 1980 –
С. 326
Yu 


48 
jamiyat miqyosida olib qaralganda, oila, ayrim olimlar (
G.M.Andreeva, 
A.I.Zaxarov, V.S.Toroxtiy, N.Ya.Solov
ь
eva
va boshqalar) ning haqli 
e’tirof
etishlari 
bo`yicha, bu 

birlamchi guruhdir.
10
Ya’ni
, birlamchi guruhga xos bo`lgan 
emotsionallilik, munosabatlarda rasmiylik va norasmiylikning 
uyg’unlashuvi

ijtimoiy-psixologik muhitning insoniy munosabatlarga 
bog’li
qligi va h-zolar 
oilaviy munosabatlarga ham xosdir. 
SHu bois ham oila yo`nalishida o`tkaziladigan tadqiqotlarda uning ijtimoiy 
guruh sifatida o`zigagina xos bo`lgan sifatlari, xususiyatlari borligini unutmaslik 
lozim. Bular quyidagilar: 
bir emas, bir necha umumiy maqsadlarning bo`lishi; 
ya’ni
, agar mehnat 
jamoasida 
a’zolarni
 birlashtiruvchi yagona maqsad tan olinsa, oilada bunday 
maqsadlar bir nechta ham bo`lishi mumkin va ular oilaviy hayot mobaynida 
o`zgarib ham turadi. Masalan, yaxshi niyat bilan birgalikda yashash 
maqsadiga keyinchalik 
sog’lom
farzand ko`rish, 
o`g’il
bola bo`lsa, sunnat 
to`yi qilish, farzandni maktab 
ta’limiga
tayyorlash, to`y qilish, uylantirish 
kabi qator yirik maqsadlar va orzu-havaslar paydo bo`laveradi, oilaviy 
hayotning mazmuni va uning jozibasi ham ana shu kabi maqsadlar va ularni 
amalga oshirishda er-xotin inoqligi, hamfikrligi bilan belgilanadi; 
oila 
a’zolari
manfaatlari, qiziqishlari va intilishlari muayyan tafovutlar va 
kelishmovchiliklarning tabiiy holat ekanligi; ayniqsa, bu oilada katta avlod 
vakillari ustanovkalari bilan ularning farzandlari o`rtasidagi ziddiyatlarda 
ham ifoda etadi (avlodlararo ziddiyat), ko`p holatlarda bu kabi tafovut yoki 
ziddiyatlar konstruktiv xarakter ham kasb etadi; 
alohida 
yashaydigan 
oilada 
er-xotin 
munosabatlarining 
boshqa 
munosabatlarga sezilarli 
ta’siri
, masalan, farzandlarning tarbiyalanganlik 
darajasiga; 
oilaviy murosa yoki hamjihatlikka boshqa qarindoshlar, masalan, 
keksalarning 
ta’siri

oila 
a’zolari
o`rtasida hamkorlik faoliyati va uning samrasi unchalik 
10
Торохтий В.С. Осноциально
-
психологического обеспечения социальной работқ с семьей.
-
М., 2000


49 
sezilmasligi, masalan, oilada erning o`z o`rni va 
mashg’ulotlari
, ayolning o`z 
o`rni va vazifalarining bo`lishi va har doim ham birga bir ishni qo`shilib 
ketmaslik. Oilaviy xasharlar yoki boshqa tadbirlar bundan 
iste’sno

muomala va o`zaro hurmat normalarining katta ahamiyatga ega ekanligi, 
hamisha bir-birining ko`ngliga qarashning oila mutahkamligi omili ekanligi; 
oilada o`zaro sir, yashirin, xufyona ishlarning oialviy munosabatlarga salbiy 
ta’siri

Yuqorida 
ta’kidlangan
holatlar oila tadqiqotlarini o`tkazuvchilarni sof 
ijtimoiy guruhlarda o`tkaziladigan izlanishlarga qo`llaniladigan tamoyillardan 
biroz chekinishlarini talab qiladi. 
Ya’ni
, oila o`ziga xos insoniy munosabatlar 
mujassam bo`lgan noyob maskandir. 
Nikoh esa er-xotin va boshqa yaqin qarindoshlar o`rtasidagi o`zaro 
munosabatlarni tartibga soladigan ijtimoiy institut bo`lib, O`zbekistonda nikoh 
munosabatlari 1998 yilda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan 

Oila Kodeksi
” 
bilan reglamentatsiya qilinadi. Bevosita nikoh borasida tadqiqot olib boruvchilar 
va ushbu sohada o`zgarishlar qilishni niyat qilganlar. Avvalo, ushbu qonun 
hujjatini yaxshi bilishlari va uning milliy qonunchiligimiz normalari doirasida amal 
qilinishini tahlil eta olishi zarur. Qonuniy nikoh FXDYo bo`limlariorqali rasman 
qayd qilingan taqdirdagina er va xotin va ularning farzandlari o`rtasida serqirra 
o`zaro munosabatlar tartibga solingan, xotinning va u tuqqan farzandning barcha 
huquqlari, jumladan, mol-mulk va moddiy 
ne’matlarga
nisbatan munosabatlarlari 
qonuniylashtirilgan hisoblanadi. Ayna shu 
ma’noda
oila 
a’zolarining
hayotiy 
maqomlari va munosabatlarini quyidagi sxemada tasavvur etish va tahlil etish 
mumkin: 
Ichki nazorat
 

 tashqi nazorat; 
Egoizm
 

 sotsiotsentrizm (xudbin yoki sahovatlilik); 
Ijtimoiy normalarga bo`ysunuvchan
 

 faqat o`zini o`ylaydigan; 
Ziddiyat va qarama qarshiliklarga nisbatan murosasozlik
 

 ularni rad etish; 
O`ziga ishonch
 

 ishonchning yo`qligi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oila-nikoh munosabatlarini 


50 
o`rganganda ushbu tamoyillarni nazariy-metodologik asos sifatida qabul qilish 
mumkin. 


51 

Download 1,81 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy-metodologik

Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish