2.2. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari ila psixologiyasining asosiy metodlariga quyidagilar kiradi:
– Kuzatish metodi . Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush
vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib
borishga
bog’liq
faoliyatga aytiladi. Odatda tadqiqot o`tkazayotgan psixologning
kuzatayotganligini oila
a’zolari
bilmasliklari, sezmasliklari kerak. Kuzatuv
natijalarini qayd etish aniq ko`rgan-kechirganlarni qanday bo`lsa shundayligicha
yozib borish yoki esda saqlab qolib, keyin hech bir
sub’ektiv
xulosa yoki tahlilsiz
daftariga belgilab borish tarzida kechadi.
– Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi . Oila muhitida yoki hayotiy
sharoitlarda ro`y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni
talab etadi. Bunda o`rganayotgan shaxs testlar o`tkazishi, oila
a’zolarining
biografik
ma’lumotlarini
tahlil etishi yoki aniq maqsadli so`rov o`tkazishi mumkin.
– So`rov metodi . Odatda psixolog bir xonadonga kirib, hammada birdan
so`rov o`tkaza olmaydi, u kim bilan, qachon va qanday maqsadda so`rov o`tkazishi
lozimligini aniq bilishi va oldindan tanlovni belgilab qo`ygan bo`lishi lozim.
Odamlar tanlab olingach, so`rovnomaga kiritilgan har bir savolning ifodalanishiga
e’tibo
rni qaraaatish lozim. CHunki bir shaxsga juda oson va aniqday tuyulgan
savol boshqa bir shaxs uchun qiyin, noqulay, mavhum bo`lib tuyulishi mumkin.
Masalan, savolning mazmunini tushunishda uyda o`tirgan beka bilan oila
a’zosi
bo`lgan pedagog ayol o`rtasida farq bo`lishi mumkin. So`rov odatda bevosita
yuzma-yuz ko`rishib o`tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan
O
46
yozma savolnoma tarzida o`tkazilishi mumkin. Oila psixologiyasida so`rovnomalar
tarqatish orqali odamlarning fikrlari, munosabatlarini aniqlash keng tarqalgan.