2-bob. Oila psixologiyasi fan sifatida
2.1. Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o`rni
ila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir
tarmog’i
sifatida XX asrning
oxirlariga kelib shakllangan. XXI asrga kelib esa uning inson hayotidagi
ahamiyati va jamiyat
ma’naviyatini
barqarorlashtirishdagi roli yanada sezila
boshladi. Zero, dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, rivojlangan davlatlarda
ham oila va nikoh munosabatlaridagi bo`hron, psixoterapevtlar yordamiga
muhtojlik kabi holatlar ushbu maskanning muammolarini o`rganish va shu
yo`nalishda maqsadli tadqiqotlar, ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish
lozimligini uqtirmoqda.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar tarixidan shu
narsa ayon bo`ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi muammosiga
qiziqish qanchalik uzoq o`tmishga borib taqalsa, oila psixologiyasining fan
tarmog’i
sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh bo`lib, uning
shakllanishi yangi davrga
to`g’ri
keladi.
Oila psixologiyasi
fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi
faoliyatining
ob’ektiv
qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-
urug’chilik
munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila
a’zolari
ijtimoiy xulqining namoyon bo`lishini
o`rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning
amaliy
tarmog’i
sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila
a’zolari
o`rtasidagi
munosabatlarning
–
mehribonlik,
g’amxo`rlik
, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik,
bo`ysunish, yetakchilik kabi o`ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsiomtiva va
o`zaro
ta’sirning
jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh
urug’lar
o`rtasidagi hissiy-emotsional
bog’liqlikni
, oilaviy
ro`zg’or
yuritish va
turmush tarzini tashkil etishga
bog’liq
bo`lgan psixologik jarayonlarning
kechishini tadqiq etadi, o`rganadi. Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib,
insonlarning qanday qilib o`zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila
–
ro`zg’or
yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o`rganuvchi fan
O
43
tarmog’idir
. Har bir oila konkret davr, vaqt, zamon va makonda mavjud bo`lganligi
sababli, u avlodlararo
bog’liql
ik,
ma’naviy
meros, milliy
an’analar
, urf-odatlar va
rasm-rusmlarni saqlovchi noyob inosniy uyushmadir. SHu institut bo`lgani sababli,
har bir millat, elat va xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda.
Umuman, nikoh deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning
e’tiqod
qilishi ham oilaning muhim vazifasidir.
Ijtimoiy psixologiya oila psixologiyasini o`rganganda, unga jamiyatning bir
bo`g’ini
, kichik ijtimoiy guruh sifatida qaraydi. SHu sababli ham konkret
izlanishlarda uning paydo bo`lishi, mavjudligiga asos bo`luvchi omillarni va
tugashi bilan
bog’liq
holatlarga
e’tiborni
qaratadi. Zero, oila
a’zolari
o`rtasidagi
munosabatlar bir qarashda emotsional hissiyotlarga asoslanganga o`xshasa-da,
aslida bir insonning ikkinchisiga ko`ngil qo`yishi, tanlashi, birgalikda umr
kechirishi jarayoni ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga to`la bo`ysunadi. Ayrim
olimlar, masalan, frantsuz tadqiqotchisi
Le Ple
o`z vaqtida oilada sof psixologik
qonuniyatlardan tashqari,
ro`zg’orni
boshqarish, farzandlar soni va tarkibiga ko`ra
oila byudjetining o`zgarishlarini inobatga olib, uni ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar
maskani deb atashni ham taklif etgan. Uning fikricha, oilaviy o`zaro munosabatlar
nihoyatda o`zgaruvchan bo`lib, ular zamon va davr
ta’sirida
, oila
a’zolarining
soni
va sifatiga
bog’liq
tarzda tinimsiz sifat o`zgarishlarini boshdan kechirishini,
hattoki, er-xotin o`rtasidagi odatiy munosabatlar yillar tazyiqi, jamiyat normalari,
sanoatning rivoji yoki
ma’naviyatning
tanazzuli
ta’siri
ostida boshqacha tus olishi
mumkinligini, ota-ona
–
bola munosabatlari tizimi, bunda hattoki, otaning
avtoriteti ham o`zgarib borishi, yaqin qarindoshlar o`rtasidagi psixologik masofa
yillar o`tishi munosabati bilan uzoqlashib ketishini
ta’kidlaydi
.
Xorij mamlakatlarida oilaviy munosabatlarga qiziqish o`tgan asrning
boshlarida keskin oshdi. Taniqli tadqiqotchi olimlar
U.Jems, CH.Kuli, U.Tomas,
F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd
kabilar oilaning davrasida ro`y beradigan
shaxslararo munosabatlarning xarakteriga alohida
e’tibor
berishib, bir shaxsning
boshqa bir shaxs
ta’sirida
qanday qilib, o`z sifatlarini takomillashtirishi,
o`zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o`rgandilar. Natijada, bu borada
44
olib borilajak ilmiy izlanishlarning naqadar muhimligi o`z navbatida
jamoatchilikning diqqat-
e’tiborini
tortdi. Olimlar oila borasida o`tkaziladigan
tadqiqotlar va unda qo`llaniladigan usullarning noyobligini
ta’kidlashib
, oila
tadqiqotlarida rioya etilishi zarur bo`lgan odob normalari haqida ham fikr
yuritganlar. Masalan, amerikalik sotsiolog
R.Xill
va boshqalar oila va nikoh
muammosini o`rganishning sermashaqqat ish ekanligini
ta’kidlab
, usullarni tanlash
va respondentlar bilan ishlaganda quyidagi omillarni hisobga olish maqsadga
muvofiq ekanligi
to`g’risida
yozgan:
tadqiqot uchun shunday metodikalarni, izlanish vositalarini topish lozimki,
toki u bilan respondentlarga murojaat qilinganda, oilaviy hayotga ziyon
etmasin, tadqiqotchi ketgach, er-xotin munosabatlari buzilmasin;
tadqiqotda oila
a’zolari
bevosita qatnashishi hisobga olinsa, ushbu jarayon
ularning nafaqat o`zaro munosabatlariga, balki psixologik holatlari va
kayfiyatlariga ham salbiy
ta’sir
etmasin;
tadqiqotchi ham tirik inson bo`lgani sababli, uning oilaga kirib kelishi, uydagi
turmush tarziga, odatlar, o`zaro yaqinlik aloqalariga putur yetkazmasin.
Darhaqiqat, barchamiz uchun juda yaqin va tanishdek tuyulgan oila va nikoh
masalalari bilan
shug’ullanadigan
olimlarga, oila psixologi yoki pedagogi bo`lib
faoliyat yurituvchilarga tashqaridan kuzatuvchilar ular ishini osonday tasavvur
qilishadi. Lekin ming afsuski, unday emas. CHunki maktabda
ta’lim
olayotgan
bolaning xulqu-odobi haqida ota-ona bilan suhbatlashish ham oson emas, zero, ota-
ona ishdan charchab kelgach, xonadonida birinchidan, bolasining o`qituvchisini
kutmaydi, qolaversa, ming mehmonnavoz, sertakalluf inson bo`lsa ham
o`qituvchining kutilmagan tashrifidan cho`chish, norizolik
, “
nima derkin bolam
haqida
”
degan shubha, hadik bo`lishi tabiiy. Xuddi shunday, oilaviy
munosabatlarga taalluqli ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchining har qanday
oilaga tashrifi xonadon egalariga yoqavermaydi. Qolaversa, agar respondentlarga
taqdim etilayotgan so`rovnoma yoki test o`zaro munosabatlarga, ayniqsa,
O`zbekiston sharoitida qaynona-kelin munosabatlariga yoki er-xotinning yaqin
munosabatlariga oid bo`lsa, tadqiqotchi ketgach, oila
a’zolari
o`rtasida
“
kim taklif
45
etdi, nima maqsadda
?”
qabiladagi so`rovlar
, “
tergovlar
”
ning bo`lmasligiga kim
kafolat beradi. SHu bois ham hamisha bizning sharoitimizda oilaviy
munosabatlarga oilada tadqiqotlar o`ta odob normalariga bo`ysundirilishi,
muammoning nimada ekanligini aniq, samimiy iboralar vositasida tushuntira olish
madaniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tadqiqotchining qo`lidagi ilmiy
“
quroli
” –
metodikalari ham katta ahamiyat kasb etadi.
|