13
o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra, ajralishib ketgan yosh oilalarning 90 foizidan
ortig’i
nikoh motivi-sababi sifatida
“
sevish-sevilish
”
ni ko`rsatganlar.
Xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi tufayli XX asrga kelib ayolning oila va
jamiyatda tutgan o`rni va maqomi keskin o`zgardi. Oxirgi paytlarda butun dunyoda
matriarxat davridagi kabi oilaning yetakchisi,
boshlig’i
roliga ko`pincha ayol
da’vogarlik
qila boshlashi kuzatildi. Buning oqibatida erkak kishining oiladagi
yetakchilik roli, oilada resurslarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va farzandlarni
jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada pastladi.
Ikkinchi tomondan, ayol-onaning oilasi va bola tarbiyasi uchun bo`sh
vaqtining kamayib borayotganligi, reproduktiv
mas’uliyatning
jamiyatda
lavozimlar
pog’onasida
yuqoriroq o`rin egallash istagiga nisbatan pastlab
borayotganligi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. SHu sababli sanoati rivojlangan
mamlakatlarda
tug’ilishlar
sonining kamayib borayotganligi, oqibatda aholi
sonining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Afsuski, bunday holatlar O`zbekistonning
shahar hududlarida ham kuzatilmoqda.
Oilaning tarbiyalovchi vazifasi oila
a’zolaridan
tashqari boshqa insonlarga,
muassasalarga
–
enaga va guvernantkalarga, yoki davlat tomonidan to`la
muhofazaga olingan tashkilotlar
–
Mehribonlik uylari, Muruvvat uylari va
boshqalar zimmasiga yuklatilmoqda. Sobiq totalitar tuzum davrida ushbu
vazifaning davlat zimmasida ekanligi, individual, oilaviy tarbiyaning gruppaviy
tarbiya bilan, tarbiyalanuvchi shaxsiga
e’tiborning
keskin kamayishi bilan
o`zgartirildi. Oqibatda hech kimga tegishli bo`lmagan, psixik va aqliy rivojlanishi
o`rtamiyona bo`lgan bolalar paydo bo`ldi. Bu ochiq yoki yashirin onalik