8
1-bob. Oila va nikoh
1.1. Insoniyat tarixida oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi
arixan oila va nikoh masalalarining qanday bo`lganligi,
ushbu qadriyatlarga
olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo`lganligi o`ta muhim va
amaliy ahamiyatli hisoblangan.
Guruhiy nikohdan
juftlik nikohigacha
Oilaviy munosabatlar tizimining
rivojlanishi nikohga
kiruvchilar sonining kamayishi va nikoq
uchun sherik tanlash tartiblarining
qat’iy
belgilanishi yo`nalishida ro`y bergan.
Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu
urug’
-qabila
bo`lib, u
bir ayol
urug’idan
tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari,
qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o`zida birlashtirgan.
SHu
tariqa
urug’
–
mohiyatan matriarxal oila bo`lib, onaning zotidan tarqalgan
barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan.
Bunday
urug’
shaklining
saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi
“
matreshka
” o`yinchog’i
bo`lib, u
bizga ona avlodlarining o`zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy yoki guruhiy oila
–
bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa
erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o`z
qavmidan bo`lgan
erkakka yoki tamoman boshqa
–
begona
urug’ning
vakili
bo`lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo`lgan. Lekin avlodning kelib
chiqishi
onalik
urug’iga
bog’langan
, otalikni belgilash holatlari inobatga
olinmagan.
S. Golod
ning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr
oxiri va XX asr boshlarida ham ko`pgina xalqlarda saqlanib kelgan.